• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12456.25
    • RUB158.36
    • EUR14461.71
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Sardoba fojiasi shaxsan men uchun juda katta saboq bo‘lgan” — Sardoba tumani hokimi

    Sirdaryo viloyatining Sardoba tumanida ro‘y bergan eng katta texnogen fojia — 2020-yil 1-may kuni sodir bo‘lgan Sardoba suv ombori to‘g‘oni buzilishi nafaqat sirdaryoliklar, butun O‘zbekiston xalqi yodida qoldi. Fojia sabab ko‘pchilik oilalar boshpanasidan ajraldi, bir umr yig‘ib tergan mol-mulkidan mosuvo bo‘ldi. 2022-yilning 1-may kuni mazkur voqeaga ikki yil bo‘ldi. “Daryo” ijodiy jamoasi shu munosabat bilan Sirdaryo viloyatining Sardoba tumani hokimi Abduazim Xidirovni suhbatga chorlab, fojiadan so‘ng jabrlanganlar hayotida qanday o‘zgarishlar bo‘lgani bilan qiziqdi.

    “Sardoba fojiasi O‘zbekistondagi eng katta texnogen falokatlardan biri bo‘ldi desak, xato qilmagan bo‘lamiz. Mazkur fojiaga ham ikki yil bo‘ldi. Vaqt juda tez o‘tyapti, ammo bu voqea sardobaliklar qalbida bir umrga iz qoldirdi. Ular bu falokatni hech qachon esdan chiqarolmaydi. Bilasizmi, Sardoba fojiasi Ramazon oyida sodir bo‘lgani va yurtdoshlarimizning saharlikka uyg‘onib, sergak bo‘lib turgani Allohning inoyati bo‘ldi, deb o‘ylayman. Shu sabab aholining xavfsizligi ta’minlanib, shu falokatdan qutildik”, — deydi tuman hokimi.

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Abduazim Xidirovning aytishicha, u fojia haqida tonggi 05:40 da xabar topgan.

    “Suv ombori to‘g‘oni buzilgani haqida menga tonggi 05:40 da xabar keldi. O‘sha kuni ishxonamda qolgandim va xabarni eshitganimda kabinetimda edim. Voqeani bilgach, bu haqda viloyatdagi rahbarlarimizga xabar berdik. Va rahbarlarimiz bilan birga xalqni evakuatsiya qilishga kirishdik. Qisqa fursatda hudud aholisini xavfsiz joylarga ko‘chirdik. Tan olish kerak, bunday fojia ro‘y bergan paytda har qanday inson ham tahlikaga tushib, nima qilishini bilmay qolar ekan. Ishni nimadan va qanday boshlashni o‘ylab qolarkan. Yaxshi ham o‘sha kuni voqea joyiga muhtaram prezidentimizning shaxsan o‘zlari yetib keldi. Holatni o‘zlari ko‘rib, to‘g‘on boshiga ham bordi. Hukumat vakillari va vazirliklarga tegishli topshiriqlar berib, muammoni bartaraf etish choralarini ko‘rdi. Aynan o‘sha kuni prezidentimizning Sardoba suv ombori to‘g‘oni buzilishi oqibatlarini qisqa muddatda bartaraf etish to‘g‘risidagi farmoyishi qabul qilindi. Farmoyishga ko‘ra, hukumat komissiyasi, Bosh vazirimiz boshchiligida hukumat shtabi tuzildi. Hamda shu orqali eng avvalo suv toshqinidan jabrlangan insonlarni tahlikaga tushirmaslik uchun ularga to‘g‘ri ma’lumot berish, shuningdek psixologik va tibbiy yordam ko‘rsatib, ularni tinchlantirish ishlarini amalga oshirdik. Qolaversa, aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlab, yotoqjoylar tayyorladik”, — deydi Sardoba tumani hokimi.

    Suhbatdosh hokimning ma’lumot berishicha, fojia sabab tumanning uchta mahallasi — “Qo‘rg‘ontepa”, “Do‘stlik” va “Yurtdosh” mahallalari talafot ko‘rgan.

    “Shu mahallalarda o‘sha paytda 2700 ga yaqin xonadonda 12 ming 872 nafar aholi istiqomat qilgan. O‘sha kuni ikki soatda aynan shuncha aholi hududdagi ijtimoiy soha obyektlari — maktab, bog‘cha va kollej binolariga, shuningdek yaqin qarindoshlarinikiga ko‘chirildi. Boshga musibat tushganda do‘st kim, dushman kimligi bilinadi, deyishadi, shukurki, fojiadan so‘ng muhtaram prezidentimiz rahnamoligida respublikamizning barcha hududlaridan yordamlar kela boshladi. Xalqimiz nafaqat Sardoba tumaniga, Mirzaobod va Oqtepa tumanlariga ham yordam yubordi. Men shu fursatdan foydalanib, tumandoshlarimiz nomidan bizdan yordamini ayamagan xalqimizga, hokimliklarga, Mudofaa vazirligi va Favqulodda vaziyatlar vazirliklariga takroran bo‘lsa-da, o‘z minnatdorchiligimni izhor qilib, rahmat aytmoqchiman. Biz ularga rahmat aytishdan sira charchamaymiz”, — deydi hokim.

    Abduazim Xidirov.

    Abduazim Xidirov.
    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Aytilishicha, hududdagi uchta mahallada 1980-yillarda qurilgan 530 ta beton qoplamali uyga uncha zarar yetmagan. Ammo paxsa va xom g‘ishtdan qurilgan qo‘shimchalar binolar esa butkul yaroqsiz holga kelgan.

    Aholiga qurib berilgan yangi ko‘p qavatli uylar va aholi vakillari.

    Aholiga qurib berilgan yangi ko‘p qavatli uylar va aholi vakillari.
    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    “Odamlarni xavfsiz joyga ko‘chirgach, bizning asosiy ishimiz xatlov o‘tkazib, vaziyatga aniqlik kiritishdan iborat bo‘lgan. Aniqlanishicha, suvdan zarar ko‘rgan uchta mahallamizda 530 ta beton panelli kottejlar saqlanib qolgan, loy g‘isht va paxsadan qurilgan uylar esa yashab bo‘lmas darajaga kelgan. Uylari buzilib, yaroqsiz holga kelgan aholi uchun 37 ta 1480 ta xonadondan iborat barcha qulayliklarga ega yangi uy qurib berildi. To‘g‘risi, biz bunday chiroyli va shinam uylar qurib beriladi, mahallamiz shaharga aylanadi deb o‘ylamagandik. Va bu bizning tushimizga ham kirmagandi. Bir yomonlikning bir yaxshiligi bor deyishganlaridek, biz Sardoba fojiasi sabab shunday ko‘rkam uylar yaratilishining guvohi va ishtirokchisi bo‘ldik”, — deydi tuman rahbari.

    Mas’ulning tan olishicha, fojiadan avval mazkur hudud aholisi juda og‘ir sharoitda yashagan.

    “Tan olish kerak, talafotdan avval shu uchta mahalladagi aholining yashash tarzi juda og‘ir edi. Ichimlik suvi umuman yo‘q edi, imkoniyati bor odamlar suvni pulga sotib olib, uyi yonida qurilgan hovuzga solib ichardi. Imkoniyati yo‘qlar esa lotok va kanaldan suv ichardi. Har uchala mahalla ham 10 yil avval tabiiy gazdan uzilgandi. Shuningdek, hozirda yangi qurilgan 37 ta ko‘p qavatli uy o‘rnida 1960-1970-yillarda qurilgan 52 ta ikki qavatli avariya holatidagi uylar bor edi. Bu uylarning 80 foizi yashash uchun xavfli, avariya holatida turgandi. To‘g‘ri, talafot juda katta iz qoldirdi. Ammo shu sabab bugun odamlarimiz yangi uylarda, yangicha hayot kechirmoqda. Qolaversa, shu uchta mahalla aholisini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida salkam 35 kilometr suv quvuri tortildi. 42 kilometrlik tabiiy gaz quvuri o‘tkazildi. 118 kilometr uzunlikdagi elektr simlari o‘rnatildi. 30 kilometr ichki yo‘llarga asfalt va beton qoplama yotqizildi”, — deydi Abduazim aka.

    Tuman hokimining ma’lumot berishicha, Sardoba fojiasi sodir bo‘lgach, aholiga barcha qulayliklar yaratilgunga qadar prezident Shavkat Mirziyoyev hududga besh marotaba borib kelgan.

    Abduazim Xidirov.

    Abduazim Xidirov.
    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    “Talafot oqibatlari bartaraf etilgunga qadar prezidentimiz Sardobaga besh marotaba kelib-ketdi. Har safar kelganlarida qurilish ishlari, obodonlashtirish ishlarini ko‘rib, kamchiliklarni aytib, mas’ullar va quruvchilarga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatib ketardi. Davlatimiz rahbari 2020-yil 15-may kuni sardobaliklar bilan uchrashganda har bir xonadonga yordam berilishi, hatto uylardagi ko‘rpa-to‘shaklargacha almashtirilishini aytgandi. Shu va’dalarning barchasi bajarildi. Birgina Sardoba tumanidagi xonadon vakillariga moddiy va ma’naviy zarar uchun dastlab 40 million so‘mdan 72 milliard so‘m to‘lab berildi. Har bir xonadonga 8 turdagi uy-jihozlari — televizordan tortib, elektr choynakkacha olib berildi. Bunga 10 milliard so‘m mablag‘ sarflandi”, — deydi tuman hokimi.

    Ta’kidlanishicha, fojiadan so‘ng hududda loyiha qiymati 27 milliard so‘m bo‘lgan yangi maktab qurilib, mavjud 4 ta maktab kapital ta’mirlangan.

    700 ta ish o‘rni yaratilgan Oqsaroy tekstil.

    700 ta ish o‘rni yaratilgan Oqsaroy tekstil.
    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    “Sardobaliklarga 2020-yilning 13-oktabr kuni yangi xonadon kalitlari topshirildi. Tumandoshlar prezidentimiz bilan uchrashganida Sardoba City’ni qurib berdingiz, deyishdi. Boisi, ularning quvonchi juda cheksiz edi-da. Shuningdek, ushbu uchta mahalladagi to‘rtta maktab kapital ta’mirlandi. Maktab jihozlarigacha yangi olib berildi. 610 o‘rinli 1-maktab esa 27 milliard so‘m mablag‘ evaziga noldan barpo etildi. Va viloyatdagi yagona maktabga aylandi. Qolaversa, ikkita yangi bog‘cha, bitta yangi oilaviy poliklinika tashkil etildi. Oqsaroy tekstilda 700 ta ish o‘rni yaratildi”, — deydi Abduazim Xidirov.

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Suhbat davomida aytilishicha, toshqindan zarar ko‘rgan uchta mahalladagi 72 ta tadbirkorlik subyektlarining salkam 4 milliard so‘mlik zarari qoplab berilgan. 16 ta fermerga 983 million so‘mlik tovon puli to‘langan.

    “Birgina muammo toshqinda o‘lgan yoki oqib ketgan qora mollar va mayda shohli mollar zarari qoplab berilmagan. Hisob-kitoblarimizga ko‘ra toshqin paytida aholining 982 bosh qora moli, 300 dan ortiq mayda shohli mollari o‘lgan yoki suvda oqib ketgan. Aholining bu zarari Xalq deputatlari tuman Kengashi qaroriga ko‘ra, mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi. Ammo buning uchun vaqt kerak bo‘ladi”, — deydi tuman hokimi.

    Qo‘shimcha qilinishicha, talafotdan so‘ng respublika ishchi guruhi hududga kelib, holatni obdon o‘rgangan.

    “‘Qo‘rg‘ontepa’ mahallasidagi uylar Xorazm va Navoiy viloyati quruvchilari, ‘Do‘stlik’ mahallasidagi uylar esa Qoraqalpog‘iston respublikasi quruvchilari, ‘Yurtdosh’ mahallasidagi uylar esa Buxoro viloyati quruvchilari tomonidan ta’mirlanib, yangicha ko‘rinish kasb etdi. Toshqingacha shu mahallalarda o‘zboshimchalik bilan qurib olingan binolar bor edi. Aynan shu talafot paytida barchasiga zarar yetgan va shu bois hammasi buzib tashlandi. Kottejlar esa qayta ta’mirlanib, aholi uchun qulay sharoit yaratildi”, — deydi hokim.

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Abduazim Xidirov Sardoba fojiasi ularni doim ogohlikka da’vat etishini ta’kidlab, hozir ham har ikki-uch kunda suv ombor boshiga borib, uni ko‘zdan kechirishga harakat qilishini aytmoqda.

    “Mart va aprel boshida surunkali yog‘ingarchiliklar bo‘lgani bois, har uch to‘rt kunda suv ombor boshiga borib, o‘zimiz ko‘rib, bilib kuzatib turdik. 2020-yildagi talafot bizga saboq bo‘lgani uchun, har kuni imkon qadar ogoh bo‘lishga, diqqat bilan kuzatib turishga o‘rgandik”, — deydi tuman hokimi.

    Tuman hokimi Sardoba fojiasi o‘zi uchun juda katta saboq bo‘lganini aytmoqda.

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    “Talafot kechasi bir yoki ikkida sodir bo‘lganda, uxlab yotgan odamni uyqidan uyg‘otib, hududdan olib chiqib ketishning o‘zi bo‘lmaydi. Qolversa o‘sha voqea aynan Ramazon oyiga to‘g‘ri kelgani bois, Alloh bizga ko‘mak berdi deb o‘ylayman. Og‘zi kuygan qatiqni ham puflab ichadi deganlaridek, Sardoba fojiasi biz uchun, shaxsan men uchun katta saboq bo‘ldi. O‘sha kunlari kechayu-kunduz odamlar bilan birga ishladik. Va toki odamlarning uylari to‘liq bitgunga qadar tinchimiz bo‘lmadi. Odamlarni sovuq kunga qoldirmasdan, barcha ishni, belgilangan topshiriqlarni bajarishga urindik”, — deydi suhbatdosh hokim.

    Operatorlar: Ma’murjon Obrahmatov, Dilruh Isomiddinova

    Mavzuga doir: 

    • “Qoch, ket, suv ombori to‘g‘oni buzildi, degan vahima bilan uyg‘ongandik”. Sardobaliklar ikki yil avvalgi to‘g‘on buzilishini qanday eslaydi?
    • “Hayotdan umidimiz uzilgan, shu yerda o‘lib ketsak kerak, deb o‘ylagandik”. Sardoba toshqini paytida qabristonda jon saqlagan Abdimajid hikoyasi
    • “Suvda oqayotgan qizlarni qutqarish uchun o‘zimni suvga otdim, shukrki, ular omon qoldi”. Sardoba fojiasida 624 ta xonadon aholisini bir o‘zi evakuatsiya qilgan IIB xodimi bilan suhbat
    • Qadrdon krossovka va choynak: saxovatli xalq sovg‘asini asrab kelayotgan sardobaliklar

    03.05.2022, 14:52   Izoh (0)   50836
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida 24 pog‘onaga yuqorilab, 133-o‘ringa chiqdi

    03.05.2022, 14:31

    Andijonda qarzdor ayol MIB xodimini kaltaklab, garovga qo‘yilgan Damas’ni olib qochdi (video)

    03.05.2022, 12:50

    Bo‘stonliqda rasmga tushaman deb sharsharadan yiqilib tushgan yigitga yordam ko‘rsatildi

    03.05.2022, 11:18

    O‘zbekistonda 4-may kuni shamol tezligi kuchayib, yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

    03.05.2022, 10:58

    O‘zbekistonda Ramazon hayiti kuni bir kishida koronavirus aniqlandi

    03.05.2022, 10:31

    Bo‘stonliqda yong‘inlarni payqaydigan ilk kamera o‘rnatildi

    03.05.2022, 09:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Anorbank va Beelab O‘zbekiston raqamli banking bozorida hamkorlik o‘rnatdi


    Toshkent shahar hokimligi ko‘magida 2025-yil 2-4-oktyabr kunlari CAEx HoReCa & UzFPT ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Click & Smart Business (sobiq UZKASSA): biznes muvaffaqiyati va mijozlar qulayligi uchun hamkorlik


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Meril Strip 76 yoshda: aktrisa buyuk iste’dod egasi ekanini isbotlovchi beshta film

    Kino | 25 iyun, 10:39

    “Barselona” Levandovskiga munosib o‘rinbosar topdi

    Sport | 25 iyun, 10:29

    O‘zbekistonda banklarni sanatsiya qilish va tugatish tartibi belgilandi

    O‘zbekiston | 25 iyun, 10:29

    AQSH generali Ukraina urushda yutishi mumkinligini aytdi

    Dunyo | 25 iyun, 10:19

    Filmlarda boshqa kino yulduzlarini gavdalantirgan zamonaviy aktrisalar

    Layfstayl | 25 iyun, 09:58
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.