Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida 28-aprel kuni tekshiruvlar mobaynida hech qanday hujjatlarsiz olib ketilayotgan go‘sht mahsulotlari to‘xtatib qolindi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar qildi.

Foto: Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi

Foto: Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi

Qayd etilishicha, shu kuni soat 01:05 larda “Sangzor-15” YPX maskanida Qashqadaryo—Toshkent yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib ketayotgan Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani “Kunchiqar” MFYda istiqomat qiluvchi X.M (1993-yilda tug‘ilgan) boshqaruvida bo‘lgan Nexia to‘xtatilib, tekshirilgan. Natijada avtomashina saloni va yukxonasida jami 712 kilogramm noma’lum hayvon go‘shti hech qanday hujjatlarsiz veterinariya-sanitariya qoidalariga zid ravishda Toshkent shahriga olib ketayotgani aniqlandi.

Foto: Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi

Foto: Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi

Go‘sht mahsuloti iste’molga yaroqli yoki yaroqsizligini bilish maqsadida vaqtincha saqlash uchun muzxonaga joylashtirilib, belgilangan tartibda xolislar ishtirokida hujjatlashtirilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Ilon Mask Twitter’da Apple reklamalari tiklanganini e’lon qildi
Dunyo
Turkiyaning Kizilelma qiruvchi droni ilk parvozni amalga oshirdi (video)
Dunyo
Xitoy Rossiyaga harbiy yordam ko‘rsatdimi?