Shavkat Mirziyoyev huzurida 27-aprel kuni qishloq xo‘jaligida xalqaro moliya institutlari ishtirokidagi loyihalarning borishi hamda ta’lim sifatini yaxshilash masalalari muhokama qilindi. Bu haqda prezident matbuot kotibi xabar qildi.
Qayd etilishicha, so‘nggi besh yilda sohaga 2,5 milliard dollar xorijiy resurslar jalb qilingan. Shundan 1,7 milliard dollar o‘zlashtirilib, 4 mingga yaqin loyiha amalga oshirilgan.
Buning hisobiga 2,5 ming gektar zamonaviy issiqxonalar, 11 ming gektar intensiv bog‘lar, 6 ta ko‘chatchilik xo‘jaligi va 350 ming tonnali muzlatkichli omborxonalar tashkil etilgan. Bugungi kunda sohada 810 million dollar o‘zlashtiriladigan mablag‘ mavjud.
Davlat rahbari ushbu mablag‘lar hisobiga qilinishi lozim bo‘lgan ishlarni belgilab bergan.
Izoh (0)