Rossiyaning Ural Airlines aviakompaniyasi 29-oktabrgacha O‘zbekistonga barcha parvozlarni bekor qildi.
Aviakompaniya saytida e’lon qilingan axborotga ko‘ra, O‘zbekistondan tashqari, Qozog‘iston, Armaniston, Ozarbayjonga ham parvozlar bekor qilingan. Bunga Yevropa davlatlari havo hududining yopilgani sabab qilib ko‘rsatilgan.
Eslatib o‘tamiz, mart oyining boshlarida dunyo mamlakatlarining Rossiyaga qo‘llayotgan sanksiyalari tufayli Rossiyaning bir nechta aviakompaniyalari xalqaro, jumladan, O‘zbekistonga reyslarni bekor qilgandi.
Ural Airlines esa parvozlarni davom ettirayotgandi.
Izoh (0)