Dunyodagi eng katta gul, ta’mirlanayotgan ko‘prik, 65 yoshga to‘lgan gorilla. 13-aprel suratlari
Dunyo bo‘ylab jamlangan sara suratlarni taqdim etamiz.
Niderlandiyaning Almere shahrida o‘n yilda bir marta o‘tkaziladigan Floriade deb nomlangan Gollandiya bog‘dorchilik ko‘rgazmasiga tashrif buyuruvchilarni metall asalarilardan yasalgan ikkita ulkan haykal kutib olmoqda.Foto: AP Photo
Berlin hayvonot bog‘ida dunyodagi eng keksa gorilla Fatu 65 yoshini nishonlamoqda.Foto: EPA
G‘arbiy Sohilning Nablus shahridagi to‘qnashuvda falastinliklar isroillik askarlarga tosh otmoqda.Foto: EPA
Indoneziyadagi qishloqda gullagan dunyodagi eng katta gul – Rafflesia Arnolda.Foto: Getty Images
AQSH prezidenti Jo Bayden Ayova shtatiga safari chog‘ida mamlakatda benzin narxini pasaytirish choralarini ma'lum qildi.Foto: Getty Images
Hind ma'budasi Kali ko‘rinishida kiyingan qiz Kalkuttadagi Gajan festivalida diniy marosim boshlanishini kutmoqda.Foto: EPA
Botsvanadagi Mashatu qo‘riqxonasida yashovchi sher uch haftalik bolasini tishlarida ehtiyotkorlik bilan olib yuribdi.Foto: Legion Media
Gollandiyalik ayol futbolchi Linet Berenshteyn (o‘ngda) Niderlandiya va Janubiy Afrika terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik futbol uchrashuvida gol urdi.Foto: EPA
DXR va LXR aholisi bilan to‘lgan poyezd Taganrogdan Uzoq Sharqqa jo‘nab ketmoqda.Foto: “TASS”
Braziliya shahridagi 18-Terra Livre lagerida minglab mahalliy braziliyaliklar.Foto: EPA
Ispaniyaning Mula shahrida Buyuk seshanba kuni nishonlandi.Foto: EPA
Kiyevda yashovchi Nadiya Zalissya qishlog‘ida o‘qqa tutilgan uydagi teshikka ishora qilmoqda.Foto: AFP
Tailandning an'anaviy Yangi yil bayrami Songkran.Foto: EPA
“Ranglar” festivalining ikkinchi bosqichida namoyish etilayotgan fransuz rassomi aka-uka Ansambl Rilning ko‘cha san'ati ijodini tomosha qilayotgan ayol, AFP.Foto: AFP
Filippinda sodir bo‘lgan Megi tropik bo‘roni sabab o‘z qishlog‘ini ko‘chki bosib ketganidan keyin aholi qayiqlarda evakuatsiya qilindi.Foto: EPA
Rohiba sifatida kiyingan ayol an'anaviy Pasxa yurishida qatnashish uchun tayyorlanmoqda, Italiya.Foto: AFP
Shri-Lankadagi avtoriksha haydovchilari Kolombodagi yonilg‘i quyish shoxobchasi yonida benzin sotib olish uchun navbatga turishibdi.Foto: AP Photo
Xitoyning Jilin provinsiyasi, Changchun shahridagi COVID-19 epidemiyasini oldini olishga yordam berish uchun yuborilgan tibbiyot xodimlari Meyxekou shahridan qaytishdan oldin xayrlashuv marosimida shahar aholisiga qo‘l silkishmoqda.Foto: Reuters
Pensilvaniya shtatining Pitsburg shahri markazida ta‘mirlashga tayyorlanayotgan Roberto Klemente ko‘prigi.Foto: AFP
Shri-Lankaning Kolombo shahridagi iqtisodiy inqiroz sharoitida bir kishi ulgurji bozorda qoplab sabzi ko‘tarib yuribdi.Foto: Reuters
Izoh (0)