Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) Rossiya va Belarus loyihalarini moliyalashtirishni to‘xtatishga qaror qildi. Bu haqda YTTB matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.
Rossiya Federatsiyasi va Belarus tomonidan bank resurslariga kirish darhol kuchga kirgan holda rasmiy ravishda to‘xtatilishi kerak. Har ikki mamlakatda loyihalarni yoki texnik hamkorlik faoliyatiga yangi moliyalashtirish mablag‘lari jalb qilinishi mumkin emas.
Bundan tashqari, bank mavjud loyihalarni moliyalashtirishni to‘xtatib turish yoki bekor qilish uchun barcha huquqlardan foydalanadi, deyiladi bayonotda.
YTTB allaqachon Moskva va Minskdagi ofislarini yopish jarayonida ekanligini e’lon qildi.
Ikki mamlakatda ko‘p yillik hamkorlik va faollikdan so‘ng shu darajaga kelganimiz achinarli. Biroq Rossiya boshchiligidagi Ukrainaga qarshi urush bizga boshqa tanlov qoldirmadi. Ikki davlat biz uchun institut va xalqaro hamjamiyat uchun muhim bo‘lgan qadriyatlarni shubha qilib bo‘lmas darajada buzgani uchun ham choralar ko‘rish shart — deydi YTTB prezidenti Odil Reno-BassoAvvalroq Toshkent xalqaro investitsiya forumida YTTB O‘zbekistondagi qaysi sohalarga sarmoyalar kiritishini ma’lum qilgan edi.
Izoh (0)