Vengriya bosh vaziri Viktor Orbanning partiyasi mamlakatdagi saylovlarda qatorasiga to‘rtinchi marta g‘alaba qozondi. Bu haqda BBC xabar berdi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Orban boshchiligidagi “Fides-fuqarolik ittifoqi” bloki parlamentdagi o‘rinlarning uchdan ikki qismini egallaydi.
Orban blokining asosiy raqibi “Vengriya hamma uchun” ittifoqi edi. Uning yetakchisi Piter Marki-Zay “Fides”ning g‘alabasini tan oldi, biroq hukmron partiyaning ommaviy axborot vositalarida ustunligi va “yaxshi yog‘langan tashviqot mashinasi” tufayli saylovlarni nodemokratik deb hisoblashini aytdi.
Saylovdan avval Viktor Orban Budapesht va Moskva o‘rtasidagi so‘nggi yillarda rivojlangan yaqin aloqalar uchun tanqid qilingan. Orban Yevropa Ittifoqining Ukrainadagi urush tufayli Rossiyaga qarshi joriy qilgan sanksiyalaridan noroziligini, biroq ularga veto qo‘ymaganini aytgan.
Izoh (0)