Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Vladimir Zelenskiy qasamyodni buzgan va “vatanini sotgan” Ukraina xavfsizlik xizmatining (UXX) ikki nafar oliy ofitserini unvondan mahrum qilish bo‘yicha qaror qabul qildi. Bu haqda Telegram’dagi kanali orqali ma’lum qildi.

Foto: Ukraina prezidenti ofisi

Foto: Ukraina prezidenti ofisi

“Ikki nafar antiqahramon bo‘yicha qaror qabul qilindi. Hozirda barcha xiyonatkorlar bilan ishlashga vaqtim yo‘q, ammo aytishim mumkinki, asta-sekin ularning barchasi jazolanadi”, — deydi u.

Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, UXX Ichki xavfsizlik bosh boshqarmasi sobiq boshlig‘i Andrey Naumov hamda UXXning Xerson viloyati boshqarmasining sobiq boshlig‘i Sergey Krivoruchko unvonidan mahrum etilgan.

“Strana.ua” ma’lumotlariga ko‘ra, Zelenskiy Naumovni 2021-yilning iyulida kontrabanda sxemalaridagi ishtirokida gumonlab, ishdan bo‘shatgan. Rossiya tomonidan maxsus operatsiya boshlanishidan oldin Naumov xorijga chiqib ketgan.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 24-fevral kuni Ukrainada “denasifikatsiya va demilitarizatsiya” maqsadida harbiy operatsiya boshlanganini e’lon qildi. Kiyev Moskva bilan diplomatik munosabatlarni uzdi va harbiy holat joriy qildi.

20-mart kuni Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi Rossiya bilan aloqasi bo‘lgan siyosiy partiyalarning har qanday faoliyatini harbiy holat davrida to‘xtatishga qaror qildi. “Siyosatchilarning bo‘linish yoki kollaboratsiyaga qaratilgan har qanday faoliyati muvaffaqiyatli bo‘lmaydi, aksincha keskin javob oladi. Har bir inson davlat manfaatlari, Ukraina manfaatlari haqida qayg‘urishi kerak. Chunki bu o‘zimiz uchun, hayot uchun”, — dedi Vladimir Zelenskiy.

Keyinroq Zelenskiy harbiy yoki favqulodda holat vaqtida qurollanish va harbiy xizmatchilarning ko‘chirilishi bo‘yicha ma’lumotlarni oshkor etgan shaxslarga nisbatan jinoiy javobgarlikni joriy etdi. Qonunga ko‘ra, qurollar, harbiy xizmatchilar va o‘q-dorilarning ko‘chirilgani haqida ma’lumotni oshkor qilganlar 3—5 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

Rossiya—Ukraina urushiga oid tezkor, ishonchli yangiliklar va ma’lumotlarni “Daryo”ning Live sahifasi orqali kuzatib boring → @Daryo_Live

Izoh
Asosiy yangiliklar
Madaniyat
Instagram: Ustozlarini tabriklayotgan mashhurlar, onasiga qo‘shni bo‘layotgan Nilufar Usmonova, Ziyodaning volidasiga atalgan syurprizi
Sport
A Seriya. “Roma” Eldor Shomurodov maydonga tushmagan o‘yinda “Inter”ni mag‘lub etdi
Dunyo
Nikaragua hukumati Niderlandiya bilan diplomatik munosabatlarni uzdi