Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Ukraina Rossiya bilan diplomatik aloqalarini uzdi. Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy shoshilinch brifingda ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Interfaks-Ukraina”.

22-fevral kuni Ukraina Tashqi ishlar vazirligi Zelenskiyga Moskva bilan diplomatik munosabatlarni uzish taklifini bildirgan. Zelenskiyning aytishicha, Rossiya fashistlar Germaniyasi kabi erta tongda hujum qildi.

Matbuot anjumanida Zelenskiy, shuningdek, Ukraina Qurolli kuchlari Donbass va mamlakat sharqi, shimoli va janubidagi boshqa mintaqalarda “chindan ham og‘ir janglar” olib borayotganini aytdi. “Dushman jiddiy yo‘qotishlarga uchradi va bundan ham ko‘proq yo‘qotishlarni ko‘radi. Ular o‘zlari yerimizga keldi”, — deydi u.

Ukraina prezidenti hududiy mudofaa doirasida mamlakatni himoya qilishga tayyor bo‘lgan Ukraina fuqarolarining hammasidan barcha cheklovlarni olib tashlashga va’da berdi.

Shuningdek, Zelenskiy Rossiya aholisini norozilik bildirishga chaqirdi. “Rossiyada vijdonini yo‘qotmaganlarning barchasi bu urushga qarshi norozilik bildirishi kerak”, — dedi prezident.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Madaniyat
“Hayot bizni sinovga tashladi”. Sobiq “Ummon” guruhining xonandasi Jasur Rafiqovning saratonga chalingani aytilmoqda
Dunyo
Rossiyada safarbarlikdan bosh tortish bo‘yicha birinchi jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Dunyo
Shimoliy Koreya o‘zining raketa sinovlarini AQSH va Janubiy Koreya mashg‘ulotlariga “adolatli javob” deb atadi