Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

O‘zbekistonda fevral oyida inflyatsiya 1,5 foizni tashkil qildi.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Ketma-ket uchinchi oy meva-sabzavotlar narxi inflyatsiya oshishi bo‘yicha yetakchilik qildi. Joriy yilning martida sabzavotlar, ildizmevalilar, plantaynlar va dukkaklilar 9,7 foizga oshgan bo‘lsa, meva va yong‘oqlar narxlari 2,4 foizga qimmatladi. 

Bundan tashqari narxlarning sezilarli darajada oshishi shakar, qandolat mahsulotlari va desertlar (oy davomida 4,3 foizga), yog‘-moy mahsulotlarida (2,4 foiz) ham qayd etildi.

Fevral oyidan beri baliq va boshqa dengiz mahsulotlarining narxi 1,7 foizga ko‘tarilgan bo‘lsa, ekinlar va yorma mahsulotlari 1,5 foizga, spirtsiz ichimliklar va bishqa oziq-ovqatlar 1,1 foizga qimmatlashgan.

Go‘sht mahsulotlarining inflyatsiyasi 1 foizdan oshmasdan 0,5 foiz bo‘ldi.

O‘tgan yilning martiga nisbatan narxlarning o‘sish sur’ati quyidagicha bo‘ldi:

  • go‘sht mahsulotlari — 9,5 foiz;
  • donli ekinlar va yorma mahsulotlari — 8,9 foiz;
  • baliq va boshqa dengiz mahsulotlari — 12,8 foiz;
  • sut mahsulotlari va tuxum — 10,3 foiz;
  • yog‘lar va moylar — 24,2 foiz;
  • mevalar va yong‘oqlar — 14,5 foiz;
  • spirtsiz ichimliklar — 9 foiz;
  • shakar, qandolat mahsulotlari va desert — 17,8 foiz;
  • sabzovatlar, plantaynlar va dukkaklilar — 34,6 foiz. 
Bularning barchasi nimani anglatadi?

Avvalroq xabar berilganidek, inflyatsiya — O‘zbekiston iqtisodiyoti holati va hayotidagi muhim ko‘rsatkichlardan biri. 2021-yilda inflyatsiya darajasi so‘nggi yillarga qaraganda rekord darajada – 9,98 foizga past bo‘ldi. Hukumat inflyatsiya darajasini 2023-yilda 5 foizgacha tushirishni maqsad qilib oldi. Ushbu ko‘rsatkich Kanada va Buyuk Britaniya kabi mamlakatlar ko‘rsatkichi hisoblanadi. Inflyatsiya ko‘plab ko‘rsatkichlarga ta’sir o‘tkazadi. Misol tariqasida aytadigan bo‘lsak, inflyatsiya darajasi qanchalik past bo‘lsa, kreditlar, shu jumladan, ipoteka kreditlari ham shunchalik pasayadi.

Avvalroq O‘zbekistonda fevral oyida narxlar qanday o‘zgargani haqida ma’lum qilingan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkentda IIB xodimi o‘ldirilib, jasadi Chirchiq daryosiga tashlab yuborildi
Mahalliy
Toshkentda qator yo‘l qoidabuzarliklarini qayd etuvchi yangicha kameralar sinovdan o‘tkazilmoqda
Mahalliy
Andijonda er 22 yoshli ayoli, uning onasi va ukasini o‘ldirgani yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi