• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev va Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Toshkent viloyatidagi IESni ishga tushirish marosimida qatnashdi

    Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning O‘zbekistonga tashrifi doirasida 29-mart kuni Toshkent viloyatida zamonaviy issiqlik elektr stansiyasini ishga tushirish hamda Sirdaryo viloyatida shunday stansiya qurilishini boshlash marosimi bo‘ldi. Ushbu loyihalar Turkiyaning Cengiz Enerji kompaniyasi tomonidan amalga oshirilmoqda. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Qayd etilishicha, Shavkat Mirziyoyev marosimda nutq so‘zlab, loyihalarning ahamiyatiga to‘xtalgan. Ushbu majmualar O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik samaralarining yorqin ifodasi ekanini ta’kidlagan. Oxirgi bir yilning o‘zida Turkiya kompaniyalari bilan birgalikda O‘zbekistonning jadal rivojlanayotgan iqtisodiyoti uchun juda muhim bo‘lgan 5 ta yirik energetika loyihalari amalga oshilgani alohida qayd etilgan. Xususan, ushbu stansiyalarning umumiy quvvati bugungi loyihalar bilan qo‘shib hisoblaganda 1,4 ming megavattga yetadi.

    O‘zbekiston energetika tarmog‘ini modernizatsiya qilish natijasida 2026-yilgacha davlat-xususiy sheriklik asosida umumiy qiymati 12 milliard dollarlik 29 ta loyiha ishga tushirilishi ta’kidlangan. Ular qo‘shimcha 71 milliard kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarish imkonini yaratadi, yiliga 12 milliard kub metr tabiiy gaz tejaladi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    O‘zbekiston rahbari elektr stansiyasini bunyod etishda qatnashgan muhandis va quruvchilarga minnatdorlik bildirgan. So‘ng Shavkat Mirziyoyev va Erdo‘g‘on ramziy tugmani bosib, Qibray tumanidagi issiqlik elektr stansiyasini ishga tushirgan va Xovos tumanidagi issiqlik elektr stansiyasi qurilishini boshlab bergan.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Qibraydagi IES quvvati 240 megavatt bo‘lib, yiliga 2 milliard kilovatt-soat energiya ishlab chiqaradi. Xovos tumanidagi yangi issiqlik elektr stansiyasi 220 megavatt quvvatga ega, unda yiliga 1 milliard 700 million kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi.

    Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on 29—30-mart kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘lishi xabar qilingandi. 29-mart kuni Ko‘ksaroy qarorgohida Erdo‘g‘onni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.

    So‘ng ikki mamlakat yetakchilari ishtirokida O‘zbekiston—Turkiya strategik sheriklik kengashining ikkinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Shavkat Mirziyoyev muloqot avvalida Turkiya yetakchisi va xalqini Navro‘z bayrami bilan tabriklab, “yetakchi turk kompaniyalar bilan aniq loyihalar sonini ko‘paytirish niyatida” ekanini aytib o‘tdi.

    Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev ta’lim sohasida hamkorlik davom ettirilib, mamlakatda yangi universitetlar ish boshlashini aytib o‘tgan. “O‘tgan yili Anqara va Istanbul shaharlarida O‘zbekiston madaniyat kunlari muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Joriy yilda Toshkent va Samarqand shaharlarida Turkiya madaniyat kunlarini o‘tkazishni taklif qilaman”, — deydi O‘zbekiston prezidenti.

    Yig‘ilishda Turkiya prezidenti Shavkat Mirziyoyev amalga oshirayotgan islohotlarni yuksak baholab, “olti yildan buyon qardoshim qat’iylik bilan amalga oshirayotgan islohotlarni yuksak baholaymiz. Bundan keyin ham Turkiya O‘zbekistonning strategik hamrohi sifatida qoladi”, — dedi.

    Mazuga doir:

    • “Mudofaa tizimini yanada rivojlantirishga kelishib oldik”. Erdo‘g‘on O‘zbekiston—Turkiya hamkorligi istiqbollari haqida
    • “O‘zbekiston—Turkiya strategik sheriklik kengashining uchinchi yig‘ilishini o‘tkazish uchun Turkiyaga borishni rejalashtirganmiz” — Shavkat Mirziyoyev

    30.03.2022, 08:25   Izoh (0)   16709
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Samarqandda uy ichida qulflanib qolgan 2 nafar bola qutqarildi

    30.03.2022, 07:55

    Andijonda psixotrop dorilarni 12 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

    30.03.2022, 07:30

    Buxoroda tovusning patini yulib olgan qizning onasi javobgarlikka tortildi

    30.03.2022, 06:30

    Andijondagi savdo majmuasi elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib, qariyb 2 mlrd so‘m zarar yetkazgani aniqlandi

    30.03.2022, 06:00

    Sotuvga chiqqan dovuchcha, ommaga ko‘rinish bergan qirolicha, “Yangi O‘zbekiston”dagi Erdo‘g‘on. 29-mart suratlari

    30.03.2022, 01:31

    Foto: Sumalak atrofidagi Ziroat Mirziyoyeva va Emine Erdo‘g‘an

    30.03.2022, 00:48
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    O‘zbekistonda suyak bo‘g‘im kasalliklarining yechimi topildimi?


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    AKFA Group “INNOPROM 2024” xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etdi


    Korzinka’da – iyul oyi oxirigacha barra mol go‘shtiga 12% gacha chegirmalar va unumli narxlar!


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    TBC Bank O‘zbekistondagi o‘z mavqeini mustahkamlamoqda: viloyatlar bo‘yicha so‘nggi ma’lumotlar

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Yevropa Chempionlar Ligasining yangicha formati: asosiy o‘zgarishlar va buning muxlislarga qanday foydasi bor?

    30.08.2024, 10:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Shveysariyada ayol qo‘shni mushukni boqqani uchun sudlandi

    Dunyo | 11 may, 22:10

    La Liga. “Barselona” — “Real” uchrashuvida “gollar otishmasi” bo‘ldi

    Sport | 11 may, 21:35

    AQSHdan ketadigan noqonuniy migrantlarga tekin aviachipta beriladi

    Dunyo | 11 may, 21:30

    Superliga. “Mash’al” o‘z maydonida “Qizilqum” bilan durang o‘ynadi

    Sport | 11 may, 21:15

    Tramp Xitoy bilan muzokarada katta yutuqlarga erishilgani haqida bayonot berdi

    Dunyo | 11 may, 20:56

    Zelenskiy O‘zbekistondagi uchta kompaniyaga sanksiya qo‘lladi

    O‘zbekiston | 11 may, 20:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.