• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12694.97
    • RUB161.6
    • EUR14878.5
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Mudofaa tizimini yanada rivojlantirishga kelishib oldik”. Erdo‘g‘on O‘zbekiston—Turkiya hamkorligi istiqbollari haqida

    Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on 29-mart kuni davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi. Ayni vaqtda ikki mamlakat yetakchilari ishtirokida OAV vakillari uchun brifing bo‘lib o‘tmoqda, deb xabar berdi “Daryo” muxbiri.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    “Qardoshim Shavkat Mirziyoyev boshchiligida olib borayotgan ishlari tahsinga sazovor. Bilasiz, Turkiya birinchi bo‘lib O‘zbekistonning mustaqilligini tan olgan, shuningdek, birinchi bo‘lib o‘z elchixonasini ochgan mamlakat hisoblanadi. Ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo hajmi o‘tgan yili 3,6 milliard dollardan oshdi. Kelgusi yillarda mazkur raqamni 5 milliard dollarga olib chiqishni maqsad qilganmiz. Albatta, biz bu bilan to‘xtab qolmaymiz. Kelajakda savdo hajmini 10 milliard dollarga yetkazamiz”, — deydi Turkiya yetakchisi.

    Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Turkiya kompaniyalarining O‘zbekistondagi faoliyati, xususan, qurilish sohasidagi ishlari haqida gapirgan.

    “Turizm sohasida hamkorligimiz kuchayib bormoqda. O‘tgan yili Turkiyaga O‘zbekistondan 270 mingdan ortiq sayyoh keldi. Mazkur ko‘rsatkichni kelgusida 500 mingga olib chiqish rejamiz bor. Yana bir salohiyatli soha — mudofaa sanoati. Bugun imzolangan bitimlarda ham mudofaa tizimini yanada rivojlantirishga kelishib oldik. Shuningdek, ta’lim sohasida turk—o‘zbek universitetlari bo‘yicha ham mutasaddilarga topshiriqlar berdik”, — deydi Turkiya prezidenti.

    Rajab Toyyib Erdo‘g‘on 30-mart kuni Xiva shahriga tashrif buyurishidan hayajonda ekanini aytib o‘tgan.

    Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on 29—30-mart kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘lishi xabar qilingandi. 29-mart kuni Ko‘ksaroy qarorgohida Erdo‘g‘onni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.

    So‘ng ikki mamlakat yetakchilari ishtirokida O‘zbekiston—Turkiya strategik sheriklik kengashining ikkinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Shavkat Mirziyoyev muloqot avvalida Turkiya yetakchisi va xalqini Navro‘z bayrami bilan tabriklab, “yetakchi turk kompaniyalar bilan aniq loyihalar sonini ko‘paytirish niyatida” ekanini aytib o‘tdi.

    Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev ta’lim sohasida hamkorlik davom ettirilib, mamlakatda yangi universitetlar ish boshlashini aytib o‘tgan. “O‘tgan yili Anqara va Istanbul shaharlarida O‘zbekiston madaniyat kunlari muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Joriy yilda Toshkent va Samarqand shaharlarida Turkiya madaniyat kunlarini o‘tkazishni taklif qilaman”, — deydi O‘zbekiston prezidenti.

    Yig‘ilishda Turkiya prezidenti Shavkat Mirziyoyev amalga oshirayotgan islohotlarni yuksak baholab, “olti yildan buyon qardoshim qat’iylik bilan amalga oshirayotgan islohotlarni yuksak baholaymiz. Bundan keyin ham Turkiya O‘zbekistonning strategik hamrohi sifatida qoladi”, — dedi.

    29.03.2022, 23:31   Izoh (0)   16002
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Sof investitsiyalar oshdi, portfel investitsiyalar kamaydi. O‘zbekistonda 2021-yilda investitsion faoliyat qanday bo‘ldi?

    29.03.2022, 23:22

    Erdo‘g‘on Shavkat Mirziyoyev amalga oshirayotgan islohotlarni yuksak baholadi

    29.03.2022, 23:07

    Buxoroda xizmat avtomobiliga noqonuniy gaz ballon o‘rnatgan mansabdorlar javobgarlikka tortildi

    29.03.2022, 22:51

    “Toshkent va Samarqandda Turkiya madaniyat kunlarini o‘tkazishni taklif qilaman” — Shavkat Mirziyoyev

    29.03.2022, 22:33

    “Yetakchi turk kompaniyalar bilan aniq loyihalar sonini ko‘paytirish niyatidamiz” — Shavkat Mirziyoyev

    29.03.2022, 22:13

    Buxoroda 2022-yilning o‘tgan davrida 436 ta YTH sodir etilgan bo‘lib, shundan 92 tasi inson o‘limi bilan yakunlangan

    29.03.2022, 21:43
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Daryo” videoreportaji: Ozodbek Nazarbekov Namanganda katta sahnaga qaytdi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 00:10

    Tailandda budda rohibi o‘z hamkasbini otib o‘ldirdi

    Dunyo | 30 iyun, 23:55

    Shahrisabzda ikkita do‘kon yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 30 iyun, 23:40

    Britaniyada ChatGPT tufayli ish o‘rinlari bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘ldi

    Dunyo | 30 iyun, 23:25

    Yaponiyada qora ayiq tufayli aeroport faoliyati to‘xtab qoldi (video)

    Dunyo | 30 iyun, 23:10

    “Daryo” dayjesti: 30-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 30 iyun, 23:00

    “Operachi bo‘lish oson emas” — Aqlbek Piyazov italyan tilini o‘rgangani, musofirchilikdagi hayoti va eng ko‘p olgan gonorari haqida gapirdi (foto, video)

    Shou-biznes | 30 iyun, 22:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.