Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qozog‘istondagi Aqtau dengiz porti rahbariyati yuklarni tashish borasida O‘zbekiston kompaniyalardan buyurtma olishga tayyorligini ma’lum qildi, deb xabar beradi “Dunyo” agentligi.

Foto: East-Fruit

Foto: East-Fruit
Mazkur kelishuvga O‘zbekistonning Aqtaudagi bosh konsuli va “Aqtau dengiz savdo porti” boshqaruv raisi Abay Turikpenbayev bilan uchrashuv davomida erishilgan.

Shuningdek, uchrashuv davomida tomonlar Aqtau porti orqali O‘zbekiston mahsulotlarini yaqin va uzoq xorij davlatlariga yetkazish masalasini muhokama qilgan.

Aqtau dengiz porti Kaspiy dengizining sharqiy qirg‘og‘ida, bir nechta xalqaro transport koridorlari kesishgan nuqtada joylashgan. Bu Eron, Turkiya, Rossiya, Ozarbayjon, Turkmaniston yo‘nalishlari bo‘yicha yiliga 12 oy davomida quruq yuk, neft mahsulotlarini sharqdan g‘arbga, shimoldan janubga va ortga tashish imkonini beradi.

Avvalroq Hindiston dengizga chiqish imkoni bo‘lmagan O‘zbekistonga birinchi marta Pokiston va Afg‘oniston orqali tijorat tovarlarini eksport qilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkentda zo‘ravonlikka qarshi kurash bo‘yicha xalqaro anjuman — suratlarda
Dunyo
Trampning sobiq maslahatchisi prezident saylovida qatnashishga tayyorligini bildirdi
Madaniyat
“Kuniga 1 000 dollar topganda talash bo‘lgan ota keksayganda hech kimga kerak bo‘lmay qoldi” — Bobomurod Hamdamovning kelini oiladagi kelishmovchiliklar haqida (vi...