Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

2022-yil 21-martdan yangi “Sof” tarifi joriy etilib, u keyingi oyga ishlatilmagan trafikni o‘tkazish va xarajatlarni to‘liq nazorat qilish imkonini beradi.

Yangi “Sof” tarifi abonentlar manfaatlarini o‘ylagan holda yaratilgan va foydalanuvchilar ehtiyojlarini ko‘zlaydi.

Uning shiori — “Shunchaki. Hamisha. Arzonroq”. Shunchaki — foydalanishda soddalikka asoslanadi. Hamisha — abonentlar bilan doim muloqotda. Arzonroq — arzon narxlarda ko‘proq internet va daqiqalar.

Andrey Shishkovskiy, Ucell bosh direktori:

Yangi tarif rejasini tayyorlashda abonentlarimizning birlamchi xohishlarini qondirishni asosiy maqsad sifatida belgiladik. Yangi tarif rejasi oldingidan ancha qulay. Hozir bizda tariflarning uch guruhi mavjud: kirish tariflari, modem va qurilmalar hamda tarif va smartfonlar uchun asosiy “Sof” tarifi. U juda sodda va tushunarli.

Sof — toza va shaffof ma’nolarini anglatadi. Biz har bir abonent bilan aynan shunday, o‘zaro ishonch va ochiqlikka asoslangan munosabatda bo‘lishni istaymiz. Bizning abonentlarimiz to‘liq erkin bo‘lishlarini xohlaymiz. Shuning uchun qo‘ng‘iroqlar va internetni manfaatli narxlarda taklif etamiz va aloqa uchun xarajatlarni abonentlarning o‘zi nazorat qilishiga imkon beramiz”.

Gigabaytlar va daqiqalar “kuyib ketmaydi”

Keling, tanish vaziyatni tahlil qilamiz. Abonent tarif rejasiga ulandi va u o‘zi ulangan tarif bo‘yicha trafikka ega bo‘ldi. Oyning oxirida sarflanmagan gigabaytlar va daqiqalar qolishi mumkin. Yangi davr boshlanishi bilan qoldiqlar “kuyib” ketadi. Odamga alam qiladi, to‘g‘rimi? Joriy hisob davrida tarif bo‘yicha daqiqalar, SMS va gigabaytlarning qoldig‘i keyingi oyga o‘tkaziladi. Faqat abonentlik to‘lovini o‘z vaqtida to‘lasangiz bo‘lgani.

Xarajatlarni to‘liq nazorat qilish

Ucell mobil aloqa xarajatlarini nazorat qilishga aql bilan yondashish imkoniyatini taqdim etadi. “Sof” tariflarida internet trafigining muddati o‘tgach, tarif va paketlar bo‘yicha abonentda limitga qo‘shimcha avtomatik tarifikatsiyasi boshlanmaydi. Tarifda gigabayt tugasa, abonent taklif qilingan uchta yechimdan birini tanlashi mumkin:

  • qo‘shimcha internet paketga ulanish;
  • restart xizmatidan foydalanish, tarifda limitlarni yangilash;
  • limitga qo‘shimcha tarifikatsiyani ulash.
“Sof” tarif rejasida abonentlik to‘lovini to‘liq hajmda yechish uchun abonentning hisobida mablag‘ yetarli bo‘lmasa, abonentlik to‘lovidan pul yechilmaydi. Nomer vaqtincha blokka tushmaydi, abonent hisobini yetarlicha to‘ldirganidan keyingina abonent to‘lovi yechiladi va trafik to‘liq hajmda belgilanadi. Hisobingizda nol va bloklangan bo‘lganda ham ucell.uz saytiga kirib, mahsulotlar to‘g‘risida ma’lumot olish mumkin.

Limitsiz qo‘ng‘iroqlar va yanada ko‘p internet

Operator har bir foydalanuvchining ehtiyojini hisobga olishga intilgan. Tariflar ko‘p gaplashishni xush ko‘ruvchi va har doim onlayn bo‘lishni istaganlar uchun muhim.

Yana bir afzallik: narxiga nisbatan hajm bo‘yicha yanada manfaatli to‘ldirish. Tariflarda internet yanada ko‘p, 40 ming so‘mdan boshlanadigan “Sof” tariflarida qo‘ng‘iroqlar limitsiz. Bundan tashqari, internet, daqiqalar va SMS uchun limitga qo‘shimcha tarifikatsiyaning narxi bir necha martaga kamaytirilgan.

Hammasi halol

Abonent nimaga to‘lov qilgan bo‘lsa, barchasidan foydalanishi mumkin. Bloklangan statusda ham u foydalanishga ulgurmagan internetidan foydalanish imkoniyati bo‘ladi.

Abonentlar haqida qayg‘urib

Tarif rejasi qulay notifikatsiya bilan to‘ldirilgan. Trafigingiz yoki hisobingizda pulingiz tugayversa, operator sizni xushmuomalalik bilan ogohlantiradi. Notifikatsiyalar manbaga eltuvchi qulay havolalarga ega, bu yerda kerakli ma’lumotlarni olib, zarur amallarni bajarish mumkin.

Qo‘shimcha bonus sifatida “Sof” tarifiga ulangan barcha abonentlarga bir oylik limitsiz Telegram taqdim etiladi va unga tarifdagi internet sarf qilinmaydi.

“Sof” tariflariga istalgan boshqa tarif lineykasidan o‘tish mumkin.

Reklama huquqi asosida.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Hindistonda milliarder Gautam Adanining yangi loyihasiga qarshi ommaviy namoyishlar avj oldi
Sport
Kamerun terma jamoasi yulduzi Andre Onana murabbiy bilan kelishmovchilik sabab JCH—2022 ni tark etdi
Mahalliy
Infografika: O‘zbekiston Markaziy Osiyoning qaysi davlatlari bilan eng ko‘p savdo qilayotgani ma’lum qilindi