• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Saida Mirziyoyeva g‘oyasi bilan yaratilgan “Lazgi” balet spektaklidan reportaj (foto va video)

    Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tashabbusi bilan sahnalashtirilgan “Lazgi —  muhabbat va qalb raqsi” balet spektakli 15—16-mart kunlari tomoshabinlarga taqdim etildi.

    “Daryo” muxbirining xabar berishicha, Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik katta teatrida namoyish etilgan spektakl nemis baletmeysteri Raymondo Rebek tomonidan sahnalashtirilgan.

    Foto: Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi axborot xizmati

    Foto: “Daryo” / Ilhom Xursanaliyev

    Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi Strategik boshqarma boshlig‘i Elmurod Najimovning ta’kidlashicha, ushbu loyihani yaratish jarayoni 2019-yilda boshlangan bo‘lib, ikki yil davomida ishlar olib borilgan.

    “Germaniyalik xoreograf Raymondo Rebek o‘z jamoasi bilan O‘zbekistonga bir necha marotaba tashrif buyurib, “Lazgi” tarixini o‘rgandi, loyiha ustida jiddiy ishladi. Loyihaga taniqli o‘zbek baletmeysteri, O‘zbekiston xalq artisti Gavhar Matyoqubova ham maslahatchi sifatida jalb etildi.

    Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi Strategik boshqarma boshlig‘i Elmurod Najimov

    Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi Strategik boshqarma boshlig‘i Elmurod Najimov
    Foto: “Daryo” / Ilhom Xursanaliyev

    Ushbu loyihaning o‘ziga xosligi shundaki, uni bir qancha davlat ijodkorlari hamkorlikda yaratdi. Masalan, Germaniyadan xoreograf, Yaponiyadan stenograf, Angliyadan ovoz va yorug‘lik uskunalari olib kelindi, Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik katta teatri balet truppasi va raqqosalari rollar ijro etdi.

    Foto: Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi axborot xizmati

    2021-yilning sentabr oyida shu teatrda ushbu milliy balet postanovkasining premyerasi bo‘lib o‘tdi. Shundan so‘ng noyabrda Dubay shahrida o‘tkazilgan “Ekspo—2020” butunjahon ko‘rgazmasi doirasida Dubai Opera sahnasida xalqaro premyera qilindi. “Lazgi — muhabbat va qalb raqsi” Birlashgan Arab Amirliklari hukumati vakillari tomonidan iliq kutib olindi. Ushbu postanovkada milliy va zamonaviy san’atimiz uyg‘unlashgani bois ham tomoshabinlarga manzur bo‘lgani shubhasiz”, — deydi jamg‘arma rasmiysi.

    Foto: Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi axborot xizmati

    Foto: Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi axborot xizmati

    Foto: “Daryo” / Ilhom Xursanaliyev

    O‘zbekiston xalq artisti Gavhar Matyoqubovaning fikricha, mazkur balet tomoshasi mamlakat an’analarini jahon madaniy arenalarida yoyishga xizmat qiladi.

    “O‘zbek san’ati juda ham rang-barang. Yurtimiz maqomlari, baxshilari, milliy raqslari bilan allaqachon dunyoga tanilgan. Hozir yoshim 75 da, 61 yildan buyon san’at olamidaman. Lazgi raqsi uch ming yildan ortiq tarixga ega bo‘lib, 2019-yilda YuNESKO insoniyatning nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga kiritgan. O‘zbek millatining birinchi baleti “Lazgi” orqali yaratilganidan va mazkur loyihada qatnashganimdan cheksiz xursandman.

    O‘zbekiston xalq artisti Gavhar Matyoqubova

    O‘zbekiston xalq artisti Gavhar Matyoqubova
    Foto: “Daryo” / Ilhom Xursanaliyev

    Ushbu loyiha tashkilotchilari bo‘lgan Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi rahbariyatiga, Saidaxonga san’atkorlar nomidan rahmat aytaman”, — deydi Gavhar Matyoqubova.

    Foto: Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi axborot xizmati

    Foto: Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi axborot xizmati

    Foto: Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi axborot xizmati

    Foto: “Daryo” / Ilhom Xursanaliyev

    Foto: Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi axborot xizmati

    Spektakldan so‘ng g‘oya muallifi, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi kengashi raisi o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva ijodiy jamoa bilan uchrashib, ajoyib namoyish uchun minnatdorlik bildirdi.

    Foto: Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi axborot xizmati

    “Milliy balet san’atining durdona asari bo‘lgan “Lazgi — muhabbat va qalb raqsi” o‘zbek balet san’atining jahon miqyosiga chiqishida ishonchli qadamidir.

    Maqsadimiz — mahorat va iste’dodimiz ila jahon balet maktablari qatorida munosib o‘rin egallash, biz bunga albatta erishamiz. Negaki vatan madaniy merosini jahon hamjamiyatiga ko‘rsatish istagimiz kuchli.

    Foto: Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi axborot xizmati

    Ushbu betakror spektaklni sahnalashtirish ustida ishlagan butun jamoaga yana bir bor chin qalbdan minnatdorchilik bildiraman”, — deydi Saida Mirziyoyeva.

    Loyihaning to‘liq variantini “Daryo”ning YouTube’dagi sahifasi orqali tomosha qilishingiz mumkin.

    Mirolim Isajonov

    Tasvirchi va montajchi: Ilhom Xursanaliyev

    18.03.2022, 20:10   Izoh (0)   27721
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi boshchiligidagi delegatsiya Londonda Mitsubishi UFJ, Landesbank Baden-Wuerttemberg, JPMorgan Chase&Co. rahbariyati bilan uchras...

    18.03.2022, 19:30

    Toshkentdagi THAY va Farg‘ona yo‘li ko‘chalarini birlashtiruvchi yo‘l qismlari noma’lum muddatga yopiladi

    18.03.2022, 19:23

    Navro‘z bayrami kunlari O‘zbekistonda qanday ob-havo kutilmoqda?

    18.03.2022, 18:38

    Navro‘z bayrami munosabati bilan Nurafshon shahriga avtomobillarning kirib-chiqishi cheklanadi

    18.03.2022, 18:07

    O‘zbekistonda dam olish kunlari yog‘ingarchiliksiz o‘tishi kutilmoqda

    18.03.2022, 17:48

    Markaziy bank choralaridan keyin dollar kursi tushishni boshladi

    18.03.2022, 17:36
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ilk bor ota bo‘lgan erkaklar miyasidagi o‘zgarishlar olimlarni hayratga soldi

    Layfstayl | 23 avgust, 13:50

    “Tottenhem” “Manchester Siti” futbolchisi uchun 70 mln yevro taklif qilmoqchi

    Sport | 23 avgust, 13:42

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    Dunyo | 23 avgust, 13:22

    Yuziga ajin tushishidan qo‘rqib, 40 yil tabassum qilmay yashagan ayol hozir qanday ko‘rinishda?

    Layfstayl | 23 avgust, 12:45

    O‘zbekiston MOQ rahbarlari “Manchester Siti” klubi mehmoni bo‘lishdi

    Sport | 23 avgust, 12:30

    Uzbekistan Airports’ning 6,8 mlrd so‘mlik davlat xaridi qonunchilikka zid o‘tkazilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 12:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.