Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ijtimoiy tarmoqlarda noma’lum shaxslar tunda Jizzax viloyati Forish tumanidagi 13-maktabga bostirib kirib, laboratoriyadagi ko‘rgazmali qurollarni yoqib yuborgani haqida xabarlar tarqaldi. Tuman hokimligi holatga munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, 27-fevralga o‘tar kechasi noma’lum shaxslar maktabning fizika amaliyot xonasiga deraza oynasini sindirib kirgan. Ko‘rgazmali qurollarga shikast yetkazgan. Jumladan, 3 dona geografik xarita, 2 dona geografik globus, 3 dona dars jadvali, stol tennis anjomlari (qo‘l tennis to‘pchasi va raketkasi), mikroskop, indikator, tarozilariga qasddan shikast yetkazib, yaroqsiz holatga keltirgan. 3 dona devor qog‘oz bannerlarini yirtib tashlab, yoqib yuborgan.

Oqibatda maktab mulkiga jami 2 million 500 ming so‘mlik moddiy zarar yetkazilgan.

Tergovga qadar olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida ushbu huquqbuzarlik holatini shu maktabning 9 va 10-sinflarida ta’lim oluvchi 3 nafar — X.Y., M.M. va F.M.larning Sh.Y. ismli tanishi sodir etgani aniqlangan.

Maktabga yetkazilgan zarar to‘liq qoplanib, uch nafar voyaga yetmagan shaxsning ota-onalariga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasiga (bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik) asosan va 1 nafar voyaga yetgan shaxsga nisbatan MJtKning 61-2-moddasiga (mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish) asosan ma’muriy ish qo‘zg‘atilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Putin rasmiy qarorgohida zinadan yiqilib tushgani aytilmoqda
Mahalliy
“Mashina minishni qimmatlashtirish kerak”. Doniyor G‘aniyev tirbandliklarni kamaytirish, aholini jamoat transportiga o‘rgatish uchun nimalar qilish zarurligi haqid...
Madaniyat
“Uyda yolg‘iz” filmi yulduzi shapkasi yonayotgan sahnani suratga olish paytida boshi kuyib qolgani haqida gapirdi