Daryo

Asakada maktab o‘quvchilari o‘rtasida ommaviy mushtlashuv sodir bo‘ldi (video)

Holat yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilib, yigitlarning ota-onalari ma’muriy javobgarlikka tortilgan

1 daqiqa o‘qish81 480 ko‘rishlar0 izoh0
Kadr: Telegram

Ijtimoiy tarmoqlarda Asaka tumanidagi maktablarning birida o‘quvchilar o‘rtasida ommaviy mushtlashuv sodir bo‘lgani tasvirlangan video tarqaldi. Andijon viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi mazkur holatga munosabat bildirdi.

Kadr: Telegram

Ma’lum qilinishicha, videotasvirdagi holat rostdan ham Asaka tumanidagi 59-umumta’lim maktabida 10-fevral kuni 1-davra 2-soat dars mashg‘ulotlari oralig‘ida — soat 09:35 da (katta tanaffus vaqtida), 9-sinf o‘quvchilari O.M va B.X ishtirokida o‘zaro kelishmovchilik sabab yuzaga kelgan.

Ta’kidlanishicha, shu zahoti maktab ma’muriyati tomonidan janjalga barham berilib, o‘quvchilar darslarga kiritilgan. Dars mashg‘ulotlaridan so‘ng maktab ma’muriyati tomonidan uchastka inspektori, maktab psixologi va holat ishtirokchisi bo‘lgan o‘quvchilarning ota-onalari ishtirokida profilaktik suhbat tashkil etilgan.

Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan xizmat tekshiruvi jarayonida o‘quvchilar va ularning ota-onalari ishtirokida suhbat o‘tkazilgani hamda ular o‘zaro yarashtirilgani aniqlangan.

Xizmat tekshiruvi yakunida o‘quvchilarning odob-axloq qoidalariga rioya qilmagani va maktabda janjalli holatni yuzaga keltirgani uchun ularning ota-onalariga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasiga (bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik) asosan ma’muriy javobgarlik qo‘llanilgan.

Avvalroq Surxondaryoda yer talashgan fuqarolar o‘rtasida ommaviy mushlatshuv sodir bo‘lgani, Toshkentda maktab o‘quvchilari o‘rtasida ommaviy mushtlashuv sodir bo‘lgani haqidagi xabarga izoh berilgani, Chilonzordagi kafeda janjal ko‘tarib, ichki ishlar xodimiga qo‘l ko‘targan shaxslar hibsga olingani, Nukusda bo‘lib o‘tgan festivaldan so‘ng janjal sodir bo‘lgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Mavzuga doir: 
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar