Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Reuters nashri Rossiya oligarxlari va ularning aktivlari haqida ma’lumot berdi. Ro‘yxatda Alisher Usmonov ham bor.

Foto: The Guardian

Foto: The Guardian

Sanksiyalar ortidan quyidagi voqealar yuz berdi:

— Qiymati 19 mln dollarga baholangan Sardiniya orolidagi Golfo del Pevero shahridagi villa Italiya hukumati tomonidan musodara qilindi

— 600 mln dollarlik “Dilbar” superyaxtasi sanksiyalar tufayli ekipaj xodimlarisiz qoldi. Germaniya rasmiylari uni egasiga yetkazib berishni rejalashtirmaganligini aytishdi. 

— Angliyaning “Everton” futbol klubi Alisher Usmonovga tegishli kompaniyalar bilan hamkorlik qilishni to‘xtatdi. Bundan tashqari, klub USM xolding kompaniyasi bilan 15 million dollarlik nom berish huquqi bo‘yicha kelishuvini to‘xtatdi.

—  Alisher Usmonov Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi prezidenti lavozimini tark etdi. U adolat qaror topmaguncha FIE prezidenti vazifasini to‘xtashi ta’kidlagan. 

— Usmonovga aloqador bo‘lgan Bombardier samolyoti Shveysariya havo hududining rus samolyotlariga nisbatan cheklovlari tufayli Fransiyaning Elzasidagi EuroPort aeroportida qolib ketdi.

— Radar Box ma’lumotlariga ko‘ra, Usmonovga aloqador Airbus A340 Prestige samolyoti 28-fevral kuni Germaniyaning Myunxen shahridan O‘zbekistonning Toshkent shahriga uchib ketgan. Shundan beri undan foydalanilmagan.

— AQSh Moliya vazirligi Usmonovning shaxsiy aktivlarini blokirovka qilish bilan birga, tovarlar narxini oshirmaslik uchun u nazorat qilgan kompaniyalarni sanksiyalar ro‘yxatidan chiqarib tashladi

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Andijonda kredit mablag‘larini o‘zlashtirgan rahbarlarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Mahalliy
O‘tgan yili birja bozorlarimiz rekord darajada o‘sdi — Respublika valyuta birjasi
Iqtisodiyot
“Rossiyaga qarshi eng yaxshi strategik javob”: Ukraina farmatsevtika kompaniyasi O‘zbekistondagi “Reka-Med”ni sotib oldi