Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida fuqaroning o‘qishini pul evaziga ko‘chirib berishni va’da qilgan shaxs qo‘lga olindi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Ma’lum qilinishicha, departamentning Sariosiyo tuman bo‘limi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbir davomida K.I. ismli shaxs fuqaro Sh.ning ishonchiga kirib, 1,5 ming dollar evaziga Tojikistondagi o‘qishini O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasasiga ko‘chirib berish hamda ishga joylashtirib qo‘yishni va’da qilgani aniqlangan. K.I. kelishilgan puldan 1,3 ming dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avvalroq Andijon va Xorazm viloyatlarida fuqarolarni o‘qishga kiritish uchun jami 3 ming dollar olgan shaxslar ushlangani, Farg‘onada 30 nafar talabaning o‘qishini Qirg‘izistondan O‘zbekistonga ko‘chirib berish uchun 67 ming dollar olgan shaxslar qo‘lga olingani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Shou-biznes
Filmda rol o‘ynash uchun o‘zlari haqidagi ma’lumotlarni qalbakilashtirgan aktyor va aktrislar (foto) 
Mahalliy
Toshkentda pul evaziga haj vizasi va kvota olib bermoqchi bo‘lganlar ushlandi
Mahalliy
Yuzga tushgan chandiq, quldorlarga qarshi kurash va teatrda otib ketilgan prezident — Linkoln. Xalq orasida eng mashhur AQSH prezidenti taqdiri