Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) Rossiya prezidenti Vladimir Putin va tadbirkor Arkadiy Rotenbergni tashkilotdagi barcha lavozimlaridan chetlatdi.
“Xalqaro dzyudo federatsiyasi Vladimir Putin va Arkadiy Rotenbergning tashkilotda egallab turgan barcha lavozimlaridan chetlatilganini xabar qiladi”, — deyiladi federatsiya bayonotida.
IJF Putinning federatsiya faxriy prezidenti va elchisi sifatidagi vakolatlarini to‘xtatganini ma’lum qildi.
Rotenberg esa dzyudo federatsiyasini rivojlantirish bo‘yicha boshqaruvchi vazifasini bajargan va tashkilot ijroiya qo‘mitasi a’zosi bo‘lgan.
Avvalroq Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) rossiyalik va belarusliklar bokschilarga xalqaro musobaqalarda qatnashishni taqiqlagandi, Butunjahon boks tashkiloti (WBO), Xalqaro boks federatsiyasi (IBF), Butunjahon boks kengashi (WBC), Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) Ukrainadagi vaziyat tufayli Rossiyadagi janglarni tan olmasligini ma’lum qilgandi. FIFA Rossiya futbol terma jamoasini JCh—2022 o‘tish o‘yinlaridan, UEFA esa rus klublarini Yevrokuboklardan chetlatgan edi.
Izoh (0)