Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) rossiyalik va belarusliklar bokschilarga xalqaro musobaqalarda qatnashishni taqiqladi. Bu haqda tashkilot rasmiy saytida xabar berildi.

Foto: IBA

Foto: IBA

IBA Xalqaro olimpiya qo‘mitasining Rossiya yoki Belarus milliy federatsiyalariga mansub bokschilar va musobaqa rasmiylari, jumladan, hakamlarning ham ishtirok etishi bo‘yicha tavsiyasini qabul qildi. Endilikda ularni xalqaro boks musobaqalariga taklif qilish yoki qatnashishga ruxsat berilmaydi.

Tashkiliy yoki huquqiy sabablarga ko‘ra qisqa vaqt ichida buni amalga oshirish mumkin bo‘lmagan hollarda, Rossiya yoki Belarus vakillariga faqat neytral sportchilar sifatida ishtirok etishga ruxsat beriladi.

Kengash, shuningdek, XOQ tavsiyasiga ko‘ra, 2022-yilda Rossiya va Belarusda o‘tkazilishi rejalashtirilgan xalqaro turnirlarning bekor qilishini ma’qulladi.

Qay etish kerak, hozirda IBA’ga rossiyalik Umar Kremlyov prezidentlik qilmoqda.

Avvalroq Butunjahon boks tashkiloti (WBO), Xalqaro boks federatsiyasi (IBF), Butunjahon boks kengashi (WBC), Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) Ukrainadagi vaziyat tufayli Rossiyadagi janglarni tan olmasligini ma’lum qilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
AQSH Yelsinning Ukraina haqidagi bayonotini maxfiylikdan chiqardi
Iqtisodiyot
Korrupsiya darajasi, iqtisodiy erkinlik indeksi: O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi o‘rni qanday o‘zgarmoqda?
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda frilanserlik: ular qancha maosh oladi va nega ko‘paymoqda?