• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Dorixona va do‘konlarda sotilishi mumkin”. Ibrohim Abdurahmonov koronavirusga qarshi sigir suti haqida

    O‘zbekistonlik olimlar sigir va echkilarni vaksina bilan emlash orqali koronavirusga qarshi immun sutini ishlab chiqqani xabar qilingandi. Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov “Daryo” muxbiri bilan suhbatda tadqiqot jarayoni va sutning koronavirusga ta’siri haqida ma’lumot berdi.

    — Bunday tajribani o‘tkazish g‘oyasi qayerdan paydo bo‘ldi va sutning koronavirusga qarshi qanday xususiyatlari bor?

    — Tadqiqot asoslariga to‘xtalsak, avval ham dunyo hamjamiyatida shunday takliflar, qarashlar bor edi. Ammo tajriba sifatida buni hech kim amalga oshirmagandi. Qoramollar tanasida ham koronavirus mavjud. Ular koronavirusga chalinib, tuzalib, o‘zlarida immunitet hosil qilib yuradi. Hozir xohlagan qoramol podasini koronavirusga nisbatan antitanasini tekshirsangiz, boshlang‘ich bosqichda koronavirusga qarshi antitanasi bor. Oddiy qoramollar sutida virusni neytrallashtiruvchi antitanalar mavjud. Bundan kelib chiqib, oxirgi yillarda asosan, Yevropa olimlari qoramol sutidan profilaktika nuqtayi nazaridan koronavirusni davolashda foydalansa bo‘ladi, degan g‘oyalarni e’lon qilgan. Qoramol sutidan turli allergik kasalliklarga davo bo‘ladigan spreylar yaratilgan. Eng muhimi, qoramol sutini buzoqlar ichganda, ularning oshqozon tizimida sut yo‘qolib ketmasdan, qoniga so‘rilib o‘tgan. Bu tadqiqotlar Garvard universiteti olimlari tomonidan ham chop etilgan. Shundan kelib chiqib, o‘zimizning oqsilga asoslangan, xavfsiz o‘zbek-xitoy vaksinasi paydo bo‘lgach, qoramolda oqsil vaksinasiga nisbatan immun javobi yuqori bo‘lishini ko‘rdik. Keyin sigirni vaksinatsiya qildik. Bundan maqsad odamning vaksinasi qoramolda antitana chiqaradimi, buzoqlar vaksinatsiya qilingan sigir sutini ichsa, ularda antitana hosil bo‘ladimi, degan savollarga javob topish edi. Dastlabki tajriba bitta qoramolda amalga oshirildi. U tug‘gan sigir edi. 3-marta vaksinatsiya qilinganidan keyin qoramolda antitanalar paydo bo‘ldi. Eng qiziqarlisi, uni buzoq kuniga 2 marta emadi. Buzoqning qonida ham bizning vaksinaning antitanalari paydo bo‘ldi. Ya’ni sutdan to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘tishini biz kuzatdik. So‘ngra Qoraqalpog‘istondagi fermalardan birida 31 ta qoramolda va o‘nlab echkilarda shunday eksperiment o‘tkazdik. Ular tug‘adigan sigirlar edi. Sababi vaksina qilingach, sigir bolasida antitana paydo bo‘ladimi-yo‘qmi, shuni aniqlamoqchi edik. Mana hozir dastlabki sigirlar tug‘di, ularning sutini tekshirganimizda haqiqatan ham sutda, ayniqsa, og‘iz sutida (3 kunlik) judayam yuqori miqdorda odam koronavirusini neytrallovchi antitanalar borligi ma’lum bo‘ldi. Buzoqlarni emizganda ularda bemalol passiv immunizatsiya paydo bo‘lmoqda.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Ommaviy axborot vositalarida mazkur sut vaksina sifatida qabul qilinyapti. Ammo bu vaksina emas va umuman vaksinatsiyaga aloqasi ham yo‘q. Passiv immunizatsiyasini beradigan sutni profilaktika nuqtayi nazaridan ichilsa, koronavirus ta’sirini kamaytirishga juda tez yordam beradigan vosita sifatida qarash kerak. Ko‘pchilik uni oshqozon-ichak tizimida yo‘q bo‘lib ketadi, deb aytadi. Bu noto‘g‘ri. Garvard va Oksford universitetlari olimlari tomonidan ham shu masala bilan bog‘liq tadqiqotlar qilingan. Biz bu texnologiyani patentladik. Birinchilardan bo‘lib yaxshi jurnallarga maqolalar topshirganmiz. Maqolalarni ko‘rib chiqish jarayoni ancha cho‘ziladi, debatlarga ham sabab bo‘ladi. Biz ularning hammasiga javob bera olamiz. Ilk marta odamga qilinadigan vaksinadan foydalangan holda ilmiy tadqiqot natijalari olindi. O‘ylaymanki, keyinchalik qo‘shilgan qiymat yaratish masalasida sut mahsulotlarini bemalol pasterlangan holatda aholimizga tatbiq qilishimiz kerak. Va bundan xavotirga tushmaslik lozim. Qanaqadir kasalliklar keltirib chiqaradi, degan holatlardan yiroqmiz. Chunki sigir koronavirusining antitanalari biz ichayotgan sutlarda bo‘lgan. Sut qaynatilganda antitanalar yo‘q bo‘lib ketadi, pasterlanganda esa qoladi. Bunga tajriba nuqtayi nazaridan birinchilardan bo‘lib O‘zbekistonda asos solindi.

    — Organizmda antitanalar hosil qiladigan sut mahsulotini aholiga yetkazish masalasi qanday bo‘ladi? Kelgusida bunday sutni dorixonalar yoki oziq-ovqat do‘konlaridan topish mumkinmi?

    — Hozirgi rejamiz kichik masshtabda. Buning molekulyar tadqiqotlari o‘tkazilmoqda. 31 ta sigirning barchasi bolalagandan so‘ng ko‘proq ma’lumot to‘planadi. Keyinchalik buni o‘zimizdagi mashhur chorvachilik firmalarimizga taqdim etamiz. Agar ular ma’qul ko‘rishsa, mahsulot qo‘shimcha qiymat beradi.Bunday pasterlangan sutni dorixonalar orqali sotish mumkin. Agar hukumat ruxsat bersa, do‘konlarda ham sotilishi mumkin. Ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgach, mahsulotni eksport qilsak ham bo‘ladi.Hozirda Yevropa va Turkiyadan mahsulotni hamkorlikda ishlab chiqarish bo‘yicha takliflar bo‘lmoqda. Buni ham yo‘lga qo‘yish rejalarimiz bor.Umuman olganda, bu yangi yo‘nalish. Albatta, osmondan tushgandek emas, bu g‘oyalar atrofda bor edi, lekin uni hech kim tekshirmagandi. Kimlardir bemalol ilmiy jihatdan tanqid qilishlari mumkin. Ammo bu eng zamonaviy, to‘g‘ri qo‘yilgan tajribalar, yuqori darajadagi laboratoriya eksperimentlaridir. Hattoki o‘sha tirik virusda ham bu tekshirib ko‘rildi va juda yaxshi natija olindi.

    — Bu sut odam organizmida ham sinab ko‘rildimi? Yana qaysi vaksinalar tajriba tariqasida sigirlarda sinab ko‘rildi?

    — Hozircha boshqa vaksinalarda sinab ko‘rilgani yo‘q. O‘zimizning o‘zbek-xitoy vaksinasi yetarli bo‘lib turibdi. Buni hozir faqat buzoqlar ichdi. Shu bilan birga, laboratoriyalardagi sichqonlarda tekshirib ko‘rildi. Hozircha odamlar ichgani yo‘q. Faqat hayvonlarda sinovlar olib borilmoqda. Albatta, klinik sinovlarini ham qilib ko‘ramiz. Ma’lum guruh odamlarda klinik sinovlar davom etadi. Shart bo‘lmasa-da, shunday qilamiz. Bu xavfsizlik nuqtayi nazaridan muhim. Keyinchalik tadqiqotni kengaytirish maqsadida protokollar ishlab chiqiladi. Bu esa keyingi tadqiqotlarni talab qiladigan jarayon.

    Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lum qilishicha, 4-mart holatiga O‘zbekistonda koronavirusga qarshi qo‘llangan vaksinalar jami 46 million 235 ming 970 dozani tashkil etmoqda. Birinchi doza bilan emlanish ko‘rsatkichi emlanishi rejalashtirilgan qatlamga nisbatan 92 foizga, to‘liq vaksina kursini olganlar esa 73 foizga yetgan.

    Eslatib o’tamiz, Respublika maxsus komissiyasi tomonidan 2022-yilning 1-martidan boshlab fuqarolarga ochiq havoda niqob taqmaslikka ruxsat berildi. Sog‘liqni saqlash muassasalarida tibbiyot xodimlarining, ular koronavirus bilan kasallanganlar bilan aloqada bo‘lishidan qat’i nazar, niqob taqishi talabi saqlab qolindi.

    Mavzuga doir: O‘zbek olimlari pomidordan koronavirusga qarshi vaksina yaratdi (video)

    04.03.2022, 19:20   Izoh (0)   11826
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston OTMlaridagi bo‘sh xona va inshootlar talabalarga bepul ajratiladi

    04.03.2022, 19:16

    “Ishlashga ehtiyoji bor talabalarga yordam berib, ularning bandligini ta’minlash shart” — Shavkat Mirziyoyev

    04.03.2022, 19:11

    Shavkat Mirziyoyev raisligida talabalarning ishlab, daromad topishi mavzusida videoselektor yig‘ilishi boshlandi

    04.03.2022, 19:05

    Chimyonda qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi

    04.03.2022, 18:59

    O‘zbekiston karamning asosiy turlari eksporti bo‘yicha rekord qayd etmoqda

    04.03.2022, 17:57

    Qirg‘izistonning Air Manas aviakompaniyasi Toshkentga parvozlarini qayta tikladi

    04.03.2022, 17:48
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Jahon chempionati qur’asi qachon va qayerda bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 23 avgust, 11:00

    Tramp Putinni futbol bo‘yicha jahon chempionatiga kelishi mumkinligini ma’lum qildi

    Dunyo | 23 avgust, 10:45

    Rossiyaga isiriq olib kirmoqchi bo‘lgan ayol 8 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 10:25

    Go‘sht yeyuvchi bakteriya AQSH plyajlarini egallab oldi

    Dunyo | 23 avgust, 10:00

    O‘zbekistonda nechta oila borligi ochiqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 09:40

    AQSH hukumati Intel kampaniyasining 10 foiz ulushini sotib oldi

    Dunyo | 23 avgust, 09:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.