O‘zbekiston karamni rekord darajada karam eksport qilishda davom etmoqda. Bu haqda EastFruit nashri ma’lum qildi.
Bundan bir oy oldin 2022-yilning yanvar oyida O‘zbekistonda karamning asosiy turlari eksporti rekord hajmda bo‘lgan edi. Buning sababi tashqi bozorlarda ushbu mahsulotga talab keskin oshganidir. Fevral oyida ham asosiy tashqi bozorlarda vaziyat oq boshli karam, Pekin karami, gulkaram va brokkoli yetishtiruvchi o‘zbekistonlik fermerlar va ekspert qiluvchilar uchun qulayligicha qoldi.
O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilning fevral oyida karamning asosiy turlari bo‘yicha eksport hajmi quyidagicha ko‘rinish kasb etdi:
- Oq boshli karam — 17,2 ming tonna, bu 2021 yilning shu oyiga nisbatan 2,2 barobar ko‘p;
- Gulkaram va brokkoli — 2,5 ming tonna, bu 2021 yilning fevral oyiga nisbatan 62 foizga ko‘p;
- Pekin karami — 710 tonna, bu 2021 yilning fevral oyiga nisbatan 3,6 barobar ko‘p.
2022-yilning yanvar–fevral oylarida O‘zbekiston jami 28 ming tonna oq boshli karam eksport qildi, bu 2021 yilning shu davriga nisbatan 2,1 barobar ko‘p ko‘rsatkichdir.
Qayd etilishicha, fevral oyining birinchi o‘n kunligida O‘zbekistonda karam ekiladigan maydonlar keskin ko‘paygan. Bu esa ushbu turdagi sabzavot bo‘yicha narxlar yaqin oylar ichida mintaqa bo‘ylab barqarorlashuvi va hatto pasayishiga olib kelishi mumkin.
Avvalroq O‘zbekiston bozorlaridagi oziq-ovqat mahsulotlarining narxlari ma’lum qilingan edi.
Izoh (0)