“O‘zgidromet” 4-mart, juma kuni qanday ob-havo kuzatilishini ma’lum qildi.
Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 6-8 daraja iliq, kunduzi 21-23 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat kechga tomon yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Ba’zi joylarda 18-23 metr/sekundgacha kuchayib, chang-to‘zon ko‘tarilishi, ayrim joylarida 25-30 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 4-9 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja iliq bo‘ladi.
Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 18-23 metr/sekundgacha kuchayadi. Chang-to‘zon ko‘tarilishi mumkin. Harorat kechasi 4-9 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi. yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 18-23 metr/sekundgacha kuchayadi. Chang-to‘zon ko‘tarilishi mumkin. Ayrim joylarida 25-30 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 22-27 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 18-23 metr/sekundgacha kuchayadi. Chang-to‘zon ko‘tarilishi mumkin. Harorat kechasi 6-11 daraja iliq, kunduzi 18-23 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 18-23 metr/sekundgacha kuchayib, chang-to‘zon ko‘tarilishi mumkin. Qashqadaryo viloyatida esa shamol tezligi 25-30 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 8-13 daraja iliq, kunduzi 22-27 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 17-22 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 18-23 metr/sekundgacha kuchayadi. Harorat kechasi 1-6 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, “O‘zgidromet” haftaning ikkinchi yarmidan Eron hududlaridan juda iliq havo shiddatli kirib kelishi kutilayotgani, bu 4-mart kuni shamolning 15-20 metr/sekundgacha kuchayishiga sabab bo‘lishi mumkinligini ma’lum qilgandi.