Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Termiz mintaqaviy temiryo‘l uzeli”ga 2-mart kuni Xitoydan zamonaviy va yuqori quvvatga ega bo‘lgan yuk va yo‘lovchi lokomotivi keltirildi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” xabar qildi.

Foto: “O‘zbekiston temir yo‘llari”

Foto: “O‘zbekiston temir yo‘llari”

Qayd etilishicha, elektrovozni sotib olish Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Lokomotivlarni sotib olish yo‘li bilan lokomotivlar parkini yangilash” loyihasi doirasida amalga oshirilgan. Xitoy davlat xolding kompaniyasi CRRC Group’da O‘zbekiston iqlim sharoitlarini inobatga olib ishlab chiqarilgan elektrovozlar o‘zini yaxshi tomonidan ko‘rsatgan. Yangi keltirilgan elektrovoz yuqori quvvatga ega 2 seksiyadan iborat 8 o‘qli yo‘lovchi va yuk elektrovozi hisoblanadi. Uning quvvati 9600 kVtni tashkil etadi. Shu tufayli lokomotiv barcha ob-havo sharoitlarida og‘ir yuklar bilan ortiqcha qiyinchiliklarsiz harakatlana oladi. Texnik tavsifiga ko‘ra, mazkur turdagi lokomotiv tezlikni soatiga 120 kilometrgacha oshirishi mumkin. Har bir lokomotivning ishlash muddati — 40 yil.

Elektrovoz Toshiba kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan TCMS zamonaviy nazorat-diagnostika tizimi bilan jihozlangan. Ushbu tizim elektrovozni ortiqcha yuklanishlardan, nosozliklardan himoya qiladi va mashinistga o‘z vaqtida xabar beradi. Ya’ni elektrovozning elektron uskunalarining holati, yuqori va past kuchlanishli elektr jihozlarining holati, tormoz, xavfsizlik, radioaloqa va boshqa tizimlarning sozligi bo‘yicha monitor orqali ko‘rsatib turadi. Safar davomida uskunalarda muammo aniqlansa, ushbu xabar ichki kompyuter monitoriga chiqariladi. Shuningdek, uni bartaraf etish choralari haqida ma’lumot ham beriladi.

Eslatib o‘tamiz, 2019-yilda O‘zbekiston Xitoydan elektr energiyasini tejaydigan 24 ta elektrovoz xarid qilishi, loyihani amalga oshirish muddati — 2019—2020-yillar ekani xabar qilingan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Saudiyalik tadbirkor O‘zbekistonda avtomashina ehtiyot qismlari ishlab chiqarishga sarmoya kiritadi 
Mahalliy
1000 dollar oylik olayotgan oʻqituvchilar, 1 mln nafardan oshgan talabalar, yangi qurilgan 27 ta TTJ — oliy taʼlim vaziri oʻrinbosari Komiljon Karimov bilan ekskly...
Mahalliy
Toshkentda 3 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi