• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12939.93
    • RUB162.03
    • EUR14725.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +15°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashining 49-sessiyasida O‘zbekiston vakili ma’ruza qildi

    BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashining 49-sessiyasida O‘zbekiston delegatsiyasi rahbari Akmal Saidov ma’ruza qildi, deb xabar beradi “Dunyo” agentligi.

    Foto: Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti

    Foto: Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti

    Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markazdan olingan ma’lumotga ko‘ra, Jeneva shahrida 2022-yil 28-fevral kuni boshlangan BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashining 49-sessiyasi o‘z ishini davom ettirmoqda. Sessiyaning Oliy darajadagi segmenti majlisida 2-mart kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikerining birinchi o‘rinbosari, Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz direktori Akmal Saidov so‘zga chiqqan.

    “Xuddi shu sanada O‘zbekiston jahondagi eng nufuzli xalqaro tashkilot – BMTga a’zo bo‘lganiga roppa-rosa 30 yil to‘ldi. O‘zbekiston BMTning inson manfaatlari yo‘lida sa’y-harakatga da’vatini qo‘llab-quvvatlaydi”, — deydi u.

    Akmal Saidov BMT Bosh Assambleyasi sessiyasida 2020-yil 13-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan saylovda O‘zbekiston milliy davlatchiligining tarixida ilk bor BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashi a’zoligiga uch yil muddatga — 2021–2023-yillarga saylanganini qayd etgan. O‘zbekiston 2021-yil 1-yanvardan boshlab bu boradagi vazifasini bajarib kelmoqda.

    Ma’ruzada O‘zbekistonning BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashi a’zosi sifatida zimmasiga olgan majburiyatlari doirasidagi faoliyati haqida ham so‘z yuritilgan. Xususan, O‘zbekiston 021-yilda BMT Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasini ratifikatsiya qilgan. 2021-yil dekabrida esa “Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchi ayollarining muloqoti” shafeligida, fuqarolik jamiyatining xotin-qizlar tashkilotlari va “BMT-ayollar” tuzilmasi ishtirokida mintaqaviy forum o‘tkazilgan.

    O‘zbekiston tashabbusi bilan BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashining Pandemiya sharoitida yoshlar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi rezolyutsiyasi qabul qilingan. 2021-yil avgustida Toshkentda “Global harakatlarga yoshlarni jalb qilish” mavzusida Yoshlar huquqlari bo‘yicha butunjahon konferensiyasi bo‘lib o‘tgan. Akmal Saidov ushbu forumni o‘tkazishda ko‘rsatgan yordami uchun Oliy komissarga minnatdorchilik izhor etdi.

    “Inson huquqlari bo‘yicha kengashning Yoshlar huquqlari masalalari bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi lavozimini joriy etish borasidagi O‘zbekiston tashabbusi qo‘llab-quvvatlangani uchun ham tashakkur bildiramiz”, — deydi O‘zbekiston delegatsiyasi rahbari.

    So‘nggi yillarda O‘zbekistonda majburiy mehnat va bolalar mehnatiga barham berish sohasidagi holat tubdan o‘zgargan. Inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlarning roli kuchaytirilgan. Qiynoqlarning oldini olish bo‘yicha milliy mexanizm faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan qonunchilik choralari ko‘rilgan.

    BMTning fuqaroligi yo‘q shaxslar sonini kamaytirishga oid chaqirig‘iga javoban, 2020-yilda mamlakatda “O‘zbekiston fuqaroligi to‘g‘risida”gi qonun qabul qilingan va shu asosda qisqa davrda 70 ming nafardan ziyod fuqaroligi yo‘q shaxs O‘zbekiston fuqarolari sifatida e’tirof etilgan.

    Ma’ruzada, shuningdek, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Milliy strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar yoritib berilgan. Jumladan, 2021-2025-yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlangani, “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi yangi qonun qabul qilingani, O‘zbekistonda 2030-yilgacha gender tenglikka erishish strategiyasi tasdiqlangani, BMTning Inson huquqlari ta’limi butunjahon dasturining to‘rtinchi bosqichi doirasida Inson huquqlari bo‘yicha ta’lim sohasida Milliy dastur loyihasi ishlab chiqilgani kabi amaliy natijalarga e’tibor qaratilgan.

    Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissar Boshqarmasi bilan birgalikda bu yil “Inson huquqlari sohasida ta’lim” Global forumini o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Shu munosabat bilan Akmal Saidov xalqaro jamoatchilik vakillarini ushbu tadbirlarda faol ishtirok etishga taklif qilgan.

    Bundan tashqari, ma’ruzada so‘nggi yillarda O‘zbekiston BMTning maxsus protseduralari bilan o‘zaro hamkorlikda sezilarli ilgari siljishlarga erishgani ta’kidlangan. Xususan, barcha mandat egalariga O‘zbekistonga tashrif buyurish uchun doimiy taklifnoma yo‘llangan.

    “O‘zbekiston dunyoning barcha mamlakatlari bilan manfaatli hamkorlik qilishga va BMT hamda uning institutlari bilan amaliy muloqotga hamisha tayyor. Binobarin, O‘zbekiston BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashiga a’zoligi davrida inson huquqlari sohasida eng yuksak standartlarga sodiqligini namoyon qilishga astoydil intilmoqda”, — deya ta’kidlagan Akmal Saidov.

    Mavzuga doir:

    • Toshkentda mintaqaviy hamkorlik bo‘yicha xalqaro konferensiya boshlandi
    • Shavkat Mirziyoyev BMT Kontrterror boshqarmasi rahbari bilan uchrashdi

    03.03.2022, 12:16   Izoh (0)   25593
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda mintaqaviy hamkorlik bo‘yicha xalqaro konferensiya boshlandi

    03.03.2022, 11:23

    O‘zbekistonning ayrim hududlarida 4-mart kuni shamol tezligi kuchayib, chang-to‘zon ko‘tarilishi mumkin

    03.03.2022, 10:56

    Ukrainadan Polsha orqali evakuatsiya qilingan o‘zbekistonliklar soni 1 859 nafarga yetdi

    03.03.2022, 10:11

    Surxondaryoda Telegram orqali yaqinlarini hijrat va jihodga da’vat qilgan erkak qo‘lga olindi

    03.03.2022, 09:50

    Polsha orqali evakuatsiya qilinayotgan o‘zbekistonliklar 15-martgacha mamlakatni tark etishi kerak — TIV rasmiy vakili

    03.03.2022, 09:34

    Ukrainadan evakuatsiya qilingan o‘zbekistonliklarning yettinchi guruhi Toshkentga yetib keldi

    03.03.2022, 08:42
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida qon kasalliklarini zamonaviy davolash usullari: leykoz va boshqa kasalliklar


    ZTE korxonasi GSMA M360 Yevrosiyo forumida suniy intellekt raqamli iqtisodiyot rivojiga qo'shayotgan hissasi haqida ma’lumot berdi


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi


    APEX BANK Toshkentda Bosh ofis va Markaziy sotuv ofisini ochdi

     

    Tavsiya etamiz

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Saudiya olimlari suvsizlanishni aniqlovchi mobil texnologiya ishlab chiqdi

    Layfstayl | 27 may, 23:35

    O‘zbekistonda intellektual mulk sohasida faoliyat olib borayotgan mutaxassislar malakasi oshiriladi

    O‘zbekiston | 27 may, 23:20

    Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

    O‘zbekiston | 27 may, 23:05

    “Daryo” dayjesti: 27-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 27 may, 22:50

    Janubiy Koreyaning eng mashhur va baxtiyor 10 nafar juftligi

    Kino | 27 may, 22:20

    Yil boshidan buyon chegaradan qariyb 40 kg zargarlik buyumlarining noqonuniy olib o‘tilishiga chek qo‘yildi – Bojxona qo‘mitasi

    O‘zbekiston | 27 may, 22:05

    Nazorat kuchaysa, mehr kamayadimi? Olimlar qattiqqo‘l onalar farzandiga qanday ta’sir qilishini aniqladi

    Ayollar sahifasi | 27 may, 21:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.