Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ukrainadan Polshaga evakuatsiya qilingan O‘zbekiston fuqarolarini olib uchgan Uzbekistan Airways aviakompaniyasining navbatdagi samolyoti 1-mart kuni soat 09:15 da “Toshkent” xalqaro aeroportiga kelib qo‘ndi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili ma’lum qildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

1-mart holatiga ko‘ra, O‘zbekiston diplomatik vakolatxonalari va tegishli idoralarining birgalikdagi sa’y-harakatlari bilan Ukrainadan 509 nafar fuqaro o‘z vataniga qaytarilgan.

Hozirgi vaqtda “Karchova” nazorat-o‘tish punktidagi to‘planish  joyida bo‘lib turgan 650 dan ortiq fuqarolar uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan. O‘zbekiston fuqarolarini olib kelish uchun yana qator evakuatsion reyslarni tashkillashtirish ko‘zda tutilmoqda.

O‘zbekistonning Polshadagi elchixonasi diplomatlari fuqarolarning masalalarini hal qilish bilan shug‘ullanmoqda va ularning aeroportda bo‘lib turishlarini muvofiqlashtirmoqda. Elchixonada uzluksiz ishlaydigan tezkor shtab tashkil etilgan.

Avvalroq O‘zbekistonning Polshadagi elchisi Bahrom Boboyev Ukraina hududida bo‘lgan 1,5 ming nafardan ziyod O‘zbekiston fuqarosi Polsha orqali evakuatsiya qilinishini aytgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, 26-fevraldan hozirgi kungacha 800 dan ortiq O‘zbekiston fuqarosi Polsha hududidagi Ukraina—Polsha chegarasidagi nazorat-o‘tkazish punkti orqali o‘tgan. Yana 700-800 ga yaqin O‘zbekiston fuqarosi Ukraina—Polsha chegarasini kesib o‘tishga tayyorlanmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Eron oliy rahnamosi Yevropa davlatlarida Qur’onning yoqib yuborilishiga munosabat bildirdi  
Moliya
2022-yilda O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari rekord darajadagi 17 mlrd dollarga yetdi
Mahalliy
Fotogalereya: O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi tarixiy aloqalar