Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon shahri hokimi Bahrom Haydarovning qabuliga borgan OAV vakillari va hokimni himoya qilishga uringan ayol voqeasi aks etgan video tarqalgach, ko‘plab muhokamalarni keltirib chiqardi.

Bahrom Haydarov.

Bahrom Haydarov.
Foto: “Daryo”

“Daryo” muxbiri Andijon shahri hokimi bilan shu haqda suhbatlashdi.

“Aslida bu voqeaga o‘n besh-yigirma kun bo‘ldi. O‘sha kuni qabul kunim edi. Xonamda qabul o‘tkazayotgandim. Odatda har kuni kechqurun qabulimda fuqarolar bo‘ladi. Bunaqa paytda odamlarni kuttirib qo‘yib, boshqalar bilan gaplasholmayman. Qabulimga kelgan blogerlar keliboq kameralarini yoqishgan. Qabulga kelganlar esa buni ko‘tarolmaydi. Ular mening oldimga dard bilan kelyapti, shu bois ko‘pchiligi qo‘rqqanidan tashqariga chiqib olgan. Men esa tashqarida nima bo‘layotganini bilmaganman. So‘raganimda o‘sha ayol blogerlar bilan janjal ko‘targanini aytishdi. Keyin nima bo‘lganini bilmayman”, — deydi Bahrom Haydarov.

Bahrom Haydarov OAV vakillari va ayol voqeasida jurnalistlarni ayblamoqda. Hokimning so‘zlariga ko‘ra, u qabuliga kelgan jurnalistlar qaysi masalada gaplashmoqchi bo‘lganini ham yaxshi bilgan.

“Blogerlar bu yerga kelishganida tartibsizlik yoki boshqa narsa bo‘lsa-da, bu darajaga borishlari kerak emasdi. Kelib men bilan gaplashishi lozim edi. Kelsin, men tayyorman, javobim ham tayyor. Nima uchun murojaatchining yerini olib qo‘ydim? Nima uchun bunaqa bo‘ldi? Hamma savoliga javob berishga tayyorman”, — deydi shahar hokimi.

Shahar hokimi o‘zini himoya qilishga uringan ayolning to‘polonchi ekanini, hokimlik binosiga ham o‘zi kirib kelganini aytmoqda.

“U ayolning o‘zi to‘polonchi. Uning qizini operatsiya qilishga yordam berdik. Qonuniy tartibda bo‘lishi kerak bo‘lgan barcha yordamlarni ko‘rsatdik. Oziq-ovqat va shunga o‘xshash narsalar ham berganmiz. Vazifamiz ekan, bajardik. Lekin uni hokimlik binosiga hech kim chaqirmagan, binoga o‘zi kirib kelgan. Blogerning bir tomonlama qarashi noto‘g‘ri. U ham xizmat vazifasini o‘tayapti, to‘g‘ri tushunaman. Ammo bunaqa tartibda chiqarish umuman insoniylikka to‘g‘ri kelmaydi. Mening eng ojiz tomonim bu hokimligim, boshqa hech qanday ojizligim yo‘q”, — dedi Andijon shahri hokimi Bahrom Haydarov.

Avvalroq hokimning davlatga 1,7 milliard so‘m zarar yetkazganlikda ayblanayotgani, Andijon shahar prokuraturasi tomonidan olib borilayotgan jinoyat ishi doirasida deputat va shahar hokimi Bahrom Haydarovni tergovga jalb qilish maqsadida Andijon viloyati prokuraturasiga taqdimnoma kiritilgani xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Turkiya yangi dunyo tartibining markazida bo‘lishi kerak” — Erdo‘g‘on
Mahalliy
Andijonda 41 kishi jarohatlangan avtohalokat qurbonlari soni 4 nafarga yetdi
Mahalliy
O‘zbekistonda pomidor narxi barqarorlashdi