• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Andijon shahar hokimi Bahrom Haydarov davlatga 1,7 mlrd so‘m zarar yetkazganlikda ayblanmoqda

    Andijon shahar prokuraturasi tomonidan olib borilayotgan jinoyat ishi doirasida deputat va shahar hokimi Bahrom Haydarovni tergovga jalb qilish maqsadida Andijon viloyati prokuraturasiga taqdimnoma kiritildi, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Dastlabki tergov harakatlari davomida Bahrom Haydarov hokimiyat huzuridagi Yer maydonlarini ajratish bo‘yicha doimiy ishlovchi maxsus komissiya a’zolari bilan guruhda Yer kodeksining 17, 23, 62-moddalari, qolaversa, prezident va Vazirlar Mahkamasining qaror hamda farmoyishlariga zid ravishda jismoniy va yuridik shaxslarga auksion orqali o‘zining vakolatidan qasddan foydalanib, yer maydonlarini to‘g‘ridan to‘g‘ri ajratilishi haqida mutasaddi mansabdorlarga ko‘rsatma bergani aniqlangan.

    Bundan tashqari, hokim aslida bekor qilingan hujjatlarni asos qilib ko‘rsatgan holda, komissiya dalolatnomalari va yer ajratish to‘g‘risidagi qarorlariga sohta ma’lumotlar va yozuvlar kiritib, 2019—2020-yillarda yer maydonlarini ajratish to‘g‘risidagi qaror va farmoyishlarni qabul qilgan.

    Taqdimnomaga muvofiq, Bahrom Haydarov jami 8 ta holatda 19 618 kvadrat metr yerni noqonuniy ajratish orqali jami 1 milliard 779 million so‘m minimal auksion bahosi qiymatidagi pul mablag‘larini davlat budjetiga undirilmay qolishiga sababchi bo‘lgan va davlat manfaatlariga zarar yetkazgan.

    Foto: “Gazeta.uz”

    Foto: “Gazeta.uz”

    Shahar hokimining harakatlarida Jinoyat kodeksining 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish) 2-qismi “a” bandi, 209-moddasi (mansab soxtakorligi) 2-qismi “a” bandi va 229-moddasi (o‘zboshimchalik) 2-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlar tarkibi mavjudligi qayd etilgan. Shundan kelib chiqib, unga nisbatan ehtiyot choralarini qo‘llab lozimgini ko‘rsatilgan.

    Nashrning Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinovga tayanib yozishicha, mazkur xat asosida 3-fevral kuni Andijon viloyati prokuraturasi tomonidan Xalq deputatlari Andijon viloyati kengashiga taqdimnoma kiritilgan.

    “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi qonunning 12-moddasiga ko‘ra, deputatni daxlsizlik huquqidan mahrum qilish to‘g‘risidagi masala tegishincha viloyat, tuman, shahar prokurorining yoki yuqori turuvchi prokurorning taqdimnomasiga binoan xalq deputatlari kengashi tomonidan o‘n kun ichida hal etiladi.

    “Kun.uz” nashrining qayd etishicha, oradan 19 kun o‘tgan bo‘lsa-da, Xalq deputatlari Andijon viloyat kengashi prokuror taqdimnomasini ko‘rib chiqishga shoshilmayapti. Qolaversa, qonunda xalq deputatlari kengashining deputatni daxlsizlik huquqidan mahrum qilishga rozilik berish masalasiga doir qarori darhol tegishli prokurorga yuborilishi ham belgilangan.

    Ma’lumot uchun, Bahromjon Haydarov 2019-yilning 26-avgustida Dilmurod Rahmatullayev o‘rniga shahar hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlangandi. O‘sha yilning oktabrida Andijon shahri hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

    Ta’kidlash joizki, ayrim deputatlar shahar hokimini yerni noqonuniy egallab olganlikda ayblab chiqqandi. Xususan, “Gazeta.uz” 2021-yilning mayida Xalq deputatlari Xalq deputatlari Andijon shahar kengashining sobiq deputati Shuhrat Karimov 19-sonli maktabga qarashli sport maydonchasi hududida ko‘p qavatli turar joy binosining qurilishini bekor qilishga erishganini yozgandi.

    Shuhrat Karimov hokim Bahrom Haydarovga so‘rov yuborib, prezident qarori (3931-sonli) buzilayotganini ma’lum qilgan. Maktab ma’muriyati va ota-onalar maktabning o‘quv korpusi 570 o‘quvchiga mo‘ljallangan bo‘lsada, u yerda 1300 bola o‘qiyotgani sabab maktab uchun qo‘shimcha bino qurishni so‘ragandi.

    Shuningdek, u hokimning 2021-yil 10-apreldagi — Elevada Ut Group kompaniyasi tomonidan besh qavatli uyni qurish to‘g‘risidagi qarori noqonuniy ekanini ma’lum qilgan. Sobiq deputat prezidentning 4427-sonli qaroriga ko‘ra, qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallanmagan bo‘sh yer uchastkalari “E-ijro auksion” orqali kimoshdiga qo‘yilmasdan, uning talablari buzilganini aytgandi.

    Shuhrat Karimov, shuningdek, jurnalist Xurshid Daliyevning Andijonda noqonuniy yer ajratish va noqonuniy qurilish ishlari to‘g‘risidagi xabarlari sabab Bosh prokuraturaga so‘rov yuborgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, qonun buzilish holatlari shahar adliya bo‘limi tomonidan ham tasdiqlangan. U viloyat prokurorlarining mazkur masalalar bo‘yicha harakatsizligi sabab ularning malakasini shubha ostiga olgan va Andijon prokuraturasi xodimlariga jamoatchilik bahosini berishni so‘ragan.

    Oxir-oqibat o‘zi muassis bo‘lgan kompaniyaga qarshi ochilgan jinoyat ishi doirasida deputat daxlsizligi mahrum qilingan, keyinroq esa Karimovning o‘zi hibsga olingandi. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va jamoatchilik deputatni qo‘llab-quvvatlab chiqqandi.

    Andijon shahar kengashi deputati Jahongir Jiyanov ushbu holatlar Shuhrat Karimovning intervyusi “Deputat 40 daqiqada Andijon shahar hokimining barcha kirdikorlarini fosh qildi” sarlavhasi bilan ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilganidan so‘ng yuz berganini “Daryo”ga ma’lum qilgandi.

    Mavzuga doir: Andijon shahar hokimi muammosini aytgan fuqaroni haqorat qildi. Viloyat hokimligi holatga munosabat bildirdi

    22.02.2022, 13:17   Izoh (0)   29261
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qarshi aeroportida reysi jadvalda bo‘lmagan 150 nafar yo‘lovchi to‘plandi

    22.02.2022, 12:37

    O‘zbekistonda 23-fevral kuni qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi

    22.02.2022, 12:32

    O‘zbekiston tomoni qoidaga xilof ravishda Toshkent shahri ustidan uchib o‘tgan Misr samolyoti ekipajiga chora ko‘rishni so‘rab xat yuborgan

    22.02.2022, 12:16

    “Haydovchilik guvohnomam bor, faqat uyda”. Xorazmda raqamsiz Malibu minib olgan 14 yoshli bola qo‘lga tushdi (video)

    22.02.2022, 11:26

    “O‘zavtosanoat” rahbari avtomobil sotib olishdagi navbatlarni sotish sxemasini oshkor qildi

    22.02.2022, 10:50

    Alisher Usmonov singlisining Shveysariya banki hisob-raqamidagi pullari haqidagi ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi ma’lum qilindi

    22.02.2022, 10:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp joriy etishi kutilayotgan sanksiyalar Rossiya neftiga global embargo keltirib chiqarishi mumkin

    Dunyo | 13 iyul, 16:40

    Isroil zarbalaridan bir kechada kamida 29 nafar falastinlik, jumladan, 6 nafar bola halok bo‘ldi

    Dunyo | 13 iyul, 16:15

    O‘zbekistonda sun’iy intellekt yordamida dori vositalariga bozor ehtiyojlari o‘rganilishi kutilmoqda

    O‘zbekiston | 13 iyul, 15:55

    Germaniya Ukrainaga yordam berish uchun Patriot raketalari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi

    Dunyo | 13 iyul, 15:20

    AQSH Yaponiya va Avstraliyadan Xitoy—Tayvan o‘rtasidagi ehtimoliy urushda tutadigan pozitsiyasini ochiqlashni talab qilmoqda — FT

    Dunyo | 13 iyul, 14:50

    Toshkentda muddatli to‘lov asosida avtomashina sotuvchi MCHJ qasddan bankrot qilindi

    O‘zbekiston | 13 iyul, 14:25

    Eron prezidenti Isroil havo kuchlari zarbasida jarohat olgan — OAV

    Dunyo | 13 iyul, 14:00

    Yevroittifoqning Rossiyaga nisbatan sanksiyalarini bloklab turgan Slovakiya qaroridan qaytishi mumkin

    Dunyo | 13 iyul, 13:34

    Rossiya va Belarus “an’anaviy qadriyatlarga asoslangan” sun’iy intellekt yaratmoqchi

    Dunyo | 13 iyul, 12:48
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.