Surxondaryo viloyati Uzun tumanida fuqaroning diplomini nostrifikatsiya qilib bermoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi, deya xabar qilmoqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
Bosh prokuratura huzuridagi departament hamda DXXning Uzun tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.N. boshqa bir fuqaro M.ning ishonchiga kirib, uning Tojikistondagi pedagogika universitetini tugatgani haqidagi diplomini go‘yoki S. ismli tanishi orqali nostrifikatsiya qilib berishni va’da qilgan.
Evaziga oldindan kelishilgan 1 100 AQSh dollari va 6,5 million so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)