• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “O‘zavtosanoat” elektromobil ishlab chiqaruvchi BYD kompaniyasi bilan hamkorlik qiladi

    O‘zbekiston Xitoyning BYD kompaniyasi bilan elektromobillar ishlab chiqarishda hamkorlik qilmoqchi. Bu haqda “O‘zavtosanoat” xabar qildi.

    Spot’ning xabar qilishicha, 16-fevral kuni konsern Xitoydan kelgan kompaniya bilan hamkorlik memorandumini imzolagan.

    “Bu elektromobillar kelajagi sari birinchi qadamdir”, — deya yozgan Shukurov memorandum haqida to‘xtalib.

    14-fevral kuni Shavkat Mirziyoyev avtomobilsozlik masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda elektr transporti bo‘yicha qator topshiriqlar bergan edi. Xususan, elektromobil tarmog‘ini rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqish vazifasi qo‘yilgan.

    Eslatib o‘tamiz, 2018-yilning may oyida “O‘zavtosanoat” maxsus guruhi elektromobillar ustida ish olib borayotgani xabar qilingandi. Oradan bir yil o‘tgach, 2019-yilning iyunida “O‘zavtosanoat” strategik rejalashtirish direksiyasi boshlig‘i Rustam Qodirov mamlakatda elektromobil ishlab chiqarishga hali erta ekanini aytgan. 2020-yilda Labo avtomobili elektromobil sifatida xaridorlarga taqdim qilinishi haqida xabar paydo bo‘ldi. 2021-yilning mart oyida esa “O‘zavtosanoat” O‘zbekistonda 2025-yilgacha elektromobillar ishlab chiqarilmasligini ma’lum qildi.

    Shunga qaramay, bir qator xorijiy avtokompaniyalar va mahalliy tadbirkorlar tomonidan O‘zbekistonda elektromobil zavodi qurish bo‘yicha takliflar berilgan. Jumladan, 2019-yilda Andijonda 2 milliard so‘mlik elektromobil korxonasi qurilishi haqida xabar berilgan. Mazkur innovatsion korxona 2021-yil 1-iyunda foydalanishga topshirilishi, shu asosda 10 ta yangi ish o‘rni yaratilishi aytilgandi.

    Shuningdek, Xitoyning Changan Automobile Group mamlakatda elektromobillar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishi, 2025-yilga kelib barcha turdagi 21 modeldagi elektromobillar va 12 ta gibrid modellar ishlab chiqarilishi rejalashtirilayotgani ma’lum qilingan.

    Shavkat Mirziyoyev 2019-yilda Farg‘ona viloyatiga tashrifi davomida “Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasidagi “Shaffof omadli sanoat” qo‘shma korxonasi faoliyati bilan tanishgandi va davlat rahbariga narxi 3 ming dollar bo‘lgan elektromobillar namunalari namoyish etilgandi. Keyinchalik viloyatda elektrokarlar 2022-yildan ishlab chiqarilishi va bu uchun zavod qurilayotgani xabar qilingan. Obyektni 2021-yilning noyabrida foydalanishga topshirish rejalashtirilgandi. Ishlab chiqarish quvvati yiliga 30 mingtani tashkil etadi, ishchilar o‘rni — 350 ta.

    Bundan tashqari, Farg‘onada Xitoyning Central Asia Motors kompaniyasi bilan birgalikda elektromobillar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilayotgani, dastlabki elektromobillar 2021-yil dekabr oyida test rejimida ishlab chiqarilishi haqida xabar berilgan.

    Shuningdek, “Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasida 2022-yildan Xitoyning Silk Road Company kompaniyasi bilan hamkorlikda narxi taxminan 3 ming dollar, tashqi ko‘rinishi Mercedes AMG’ni eslatadigan elektromobillar, 2023-yildan esa Hyundai kompaniyasi bilan hamkorlikda Hyundai Kona elektromobili ishlab chiqarilishi boshlanishi kerak.

    2019-yil sentabrida Xitoyning Hebei Good Hope Logistics Development kompaniyasi Angrenda elektromobillar ishlab chiqaruvchi loyihani ishga tushirishi ma’lum bo‘lgandi. Shuningdek, Fiat Chrysler, Henan Suda kompaniyalari ham O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqarishga qiziqish bildirgani haqida xabarlar tarqalgan. 2019-yil avgustida esa Innovatsion rivojlanish vazirligi E-Line Kazakhstan kompaniyasi bilan elektromobillarni ishlab chiqarish borasida o‘zaro hamkorlikda ish olib borishga kelishgandi.

    17.02.2022, 18:10   Izoh (0)   24828
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Samarqand shahriga hokim etib tayinlandi

    17.02.2022, 18:05

    Nukus davlat pedagogika institutiga qurish va ta’mirlash uchun ajratilgan qariyb 13 mlrd so‘m talon-toroj qilindi

    17.02.2022, 17:54

    Toshkent viloyatida gaz zapravkani elektr tarmog‘iga ulash uchun 2 ming dollar so‘ragan bosh muhandis ushlandi

    17.02.2022, 17:24

    O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi

    17.02.2022, 17:09

    O‘zbekistondagi asosiy bojxona postlarini zamonaviy uskunalar bilan jihozlashga 370 mlrd so‘m ajratiladi

    17.02.2022, 16:38

    O‘zbekistonga yana 2,8 mln dozadan ortiq Moderna vaksinasi olib kelindi

    17.02.2022, 15:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Sharfga o‘ralib qolgan raqqosa, bedarak yo‘qolgan bosh vazir — g‘ayrioddiy va shubhali tarzda halok bo‘lgan dunyo mashhurlari

    Dunyo | 12 iyul, 21:16

    Kortni Koks, Bella Hadid va boshqalar: plastik operatsiya qildirganidan afsuslangan Gollivud yulduzlari

    Kino | 12 iyul, 20:35

    JW: Yevropa Ittifoqi Ukrainaning yo‘qotilgan hududlarini qaytarib olishidan manfaatdor emas

    Dunyo | 12 iyul, 20:20

    “Bu yil Taxtaqoracha dovonida pulli tunnel qurish bo‘yicha shartnoma tuzamiz” — Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 20:03

    “Real” Vinisius bilan muzokaralarni to‘xtatdi

    Sport | 12 iyul, 20:00

    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!

    Reklama | 12 iyul, 19:30

    Bir nafari halok bo‘lgan: Bosh prokuratura Toshkentda yetti bola basseynga cho‘kkani yuzasidan bayonot berdi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 19:29
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.