• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Buxoroda ikki kun qidiruvda bo‘lgan 33 yoshli kelinning jasadi katta kanaldan topildi

    Buxoro viloyati Qorako‘l tumanida 33 yoshli kelinning jasadi mahalla ichidan oqib o‘tuvchi katta kanaldan topilgan. Uning jasadi g‘avvoslar tomonidan olib chiqilgan. Bu haqda “Daryo”ga tumandagi “Chandirobod” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Sadriddin Sharopov ma’lum qildi.

    Holatga ko‘ra, tumandagi “Arabxona” mahallasida S.R. (1989-yilda tug‘ilgan) 8-fevral kuni uyidan chiqib ketib, qaytib kelmagan. Uning jasadi 11-fevral kuni mahalla ichidan oqib o‘tuvchi Yomon jar katta kanalidan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruv otryadi g‘avvoslari tomonidan olib chiqilgan.

    Sadriddin Sharopovning bildirishicha, S.R. “Chandirobod” mahallasida yashovchi fuqaro O‘.M.ning (1994-yilda tug‘ilgan) xonadoniga qonuniy nikohsiz kelin bo‘lib tushgan.

    “O‘.M. birinchi xotinini o‘g‘irlab qochgan, u bilan ham noqonuniy yashagan va juda qisqa vaqt ichida ajralgan. Qiz o‘g‘irlab qochishlarning hali-hanuz davom etayotgani bizning og‘riqli nuqtamiz. S.R. esa O‘.M.ning ikkinchi xotini. O‘tgan yilning kuz faslida qarshiligimizga va ogohlantirishimizga qaramay, O‘.M. mahalla-ko‘ysiz o‘zidan 5 yosh katta bo‘lgan va hali turmushga chiqmagan qizni ikkinchi xotin sifatida uyga olib kelib, u bilan ham qonuniy nikohsiz yashab yurdi. Bilishimizcha, qizning otasi va akasi bu yigit bilan uning turmush qurishiga qarshi bo‘lishgan. Biroq, ular birga yashagan vaqtda er-xotin o‘rtasida kelishmovchilik yoki janjal chiqqani haqida eshitmaganmiz. O‘zaro tinch yashab kelishayotgandi. 8-fevral kuni ayolning yo‘qolgani ma’lum bo‘ldi va ichki ishlar organlari tomonidan qidiruvga berildi. 11-fevral kuni esa ayolning jasadini g‘avvoslar olib chiqdi”, — deydi Sadriddin Sharopov.

    Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi matbuot xizmati rahbari Mirjon Fayzullayevning so‘ziga ko‘ra, 11-fevral kuni soat 06:48 da qutqaruv bo‘limiga chaqiruv bo‘lgan. Yomon jar katta kanalining Buxoro shahridan qariyb 90 kilometr olisdaligi bois, qutqaruv guruhi taxminan soat 09:15 larda yetib borgan. Jasad 15 daqiqada topilgan va unda turli dog‘lar mavjud bo‘lgani bois, jinoyat alomatlari topilishi ehtimolida sud-tibbiy ekspertizaga topshirilgan.

    Qorako‘l tuman hokimligi vakili Salomat Komilova marhumaning sog‘lig‘ida nuqsoni borligi va shuning uchun haligacha turmushga chiqmagani haqida eshitganini bildirdi.

    “Daryo” muxbiri marhuma bilan noqonuniy yashab kelgan turmush o‘rtog‘i O‘.M. bilan telefon orqali suhbatda bo‘ldi.

    “Xotinimning sog‘lig‘ida hech qanday muammo yo‘q edi. Men uni yaxshi ko‘rardim. 7-fevral kuni otasining uyiga olib bordim. Lekin otasi ham, akalari ham salbiy munosabatda bo‘ldi. O‘shanda ayolim uyga qaytayotib: ‘Otamning uyiga boshqa hech qachon qaytmayman. Mening joyim onamning yonida’, — dedi. Ayolimning onasi 5 yil ilgari vafot etgan. Shundan buyon u juda qiynalib kelayotgani haqida ko‘p gapirardi. Yaqin qarindoshlari esa, hatto to‘yimizga ham kelishmagandi. Meni o‘ylantiradigani — xotinimning jasadi yarim yalang‘och topilgan. U cho‘kishidan oldin kiyimlarini yechib qo‘ygan bo‘lgan”, — dedi O‘.M.

    S.R.ning o‘z joniga o‘zi qasd qilgani yoki unga suiqasd qilishgani ochiq qolmoqda.

    Viloyat prokuraturasi matbuot xizmati rahbari Anvar Esanov holat yuzasidan Qorako‘l tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish ishlari olib borilayotganini bildirdi.

    Mavzuga doir:

    • Samarqanddagi kanaldan 17 yoshli qizning murdasi chiqqani yuzasidan ma’lumot berildi
    • Farg‘onada kundoshining 9 yoshli qizining boshiga urib, kanalga tashlab yuborgan ayol ushlandi
    • Surxondaryoda o‘zi va ikki nafar farzandini suvga tashlab, joniga qasd qilishga uringan ayol to‘xtatib qolindi

    13.02.2022, 19:24   Izoh (0)   89256
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda endi professional ta’lim o‘quvchilariga ham stipendiya berilishi mumkin

    13.02.2022, 18:53

    O‘zbekistonda ichki ishlar organlarining ekspertlari pullik xizmatlar ko‘rsatadi

    13.02.2022, 16:25

    Prezident tanqidiga duchor bo‘lgan Chiroqchi hokimi tumandagi YTHlarni tahlil qilib chiqqanini, YTHlarning 85 foizi qo‘shni viloyat haydovchilari ishtirokida sodir...

    13.02.2022, 14:22

    IIV rahbari o‘rinbosari YHX muammolarini ko‘rsatgani uchun Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi

    13.02.2022, 13:35

    O‘zbekistonning qator hududlarida 14-fevral kuni qor yog‘ishi kutilmoqda

    13.02.2022, 12:34

    Xalq ta’limi vaziri Andijondagi uzr so‘rashga majburlangan o‘qituvchilar bilan uchrashdi

    13.02.2022, 12:17
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 

     

    Tavsiya etamiz

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qo‘qon shahrida aliment to‘lamay yurgan onadan qarzdorlik sud orqali undirildi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 17:55

    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi

    Reklama | 8 avgust, 18:00

    Tarvuz va qovun kabi poliz ekinlari kichik yoshdagi bolalar uchun qanchalik xavfli?

    Farzand | 8 avgust, 17:40

    Charlz Oliveyra Topuriya bilan jangdagi mag‘lubiyatini tan oldi: “U mendan yaxshiroq edi”

    Sport | 8 avgust, 17:30

    Xitoyda chivin tarqatayotgan virus Tayvanda ham aniqlandi

    Dunyo | 8 avgust, 17:20

    “Yig‘laganini ham eshitmabman”. Marg‘ilonda yosh bolani Gentra’da bosib ketgan haydovchiga hukm o‘qildi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 17:08

    Oliygoh bitiruvchisini ishga olgan korxonaga imtiyozli kredit berilishi maʼlum qilindi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 17:05

    O‘zbekistonda beshta oliygohga kirolmagan talabgor oltinchisiga qabul qilinishi mumkin

    O‘zbekiston | 8 avgust, 16:48
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.