So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12305.17
    • RUB 131.98
    • EUR 13278.51
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +3°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Dunyo

    AQSh Rossiyaning Ukrainaga yaqin kunlarda hujum uyushtirishi mumkinligini taxmin qildi. “Angllar va sakslarga har qanday yo‘l bilan urush chiqarish manfaatli”, — deya javob bergan Rossiya TIV. Keskinlikning yangi bosqichi haqida asosiy ma’lumotlar

    13.02.2022, 15:53 47714

    AQSh prezidenti Jo Bayden administratsiyasi 11-fevral kuni Rossiyaning kutilmagan pallada Ukrainaga hujum qilib qolishi mumkinligi haqida ogohlantirgan. “Biz vaqtinchalik turg‘unlik holatidamiz va hujum kutilmagan vaqtda amalga oshirilishi mumkin, Olimpiya o‘yinlari vaqtida ham urush boshlanib ketishi hech gap emas”, — degan AQSh davlat kotibi Entoni Blinken. AQSh prezidentining milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan Rossiyaning Ukraina bilan chegaralarda jangovar harakatlarni boshlash uchun yetarli qo‘shin bor-yo‘qligiga asosiy e’tiborni qaratgani, biroq AQShda Vladimir Putinning hujumni boshlash yoki boshlamaslik borasida bir to‘xtamga kelgani yuzasidan axborot yo‘qligini bildirgan.

    Rostov viloyatidagi G‘arbiy harbiy okrugning tank qo‘shini, 2022-yil 3-fevral

    Rostov viloyatidagi G‘arbiy harbiy okrugning tank qo‘shini, 2022-yil 3-fevral
    Foto: Scanpix

    Jo Bayden ittifoqchilarni hujumning 16-fevralda boshlanishi mumkinligidan ogohlantirgan, deyiladi Politico manbalarining xabarida. Der Spiegel AQSh hukumati NATOga a’zo mamlakatlarga ushbu sana xususida Markaziy razvedka boshqarmasi hamda Amerika armiyasi axborot bergan. Der Spiegel’ning xabar qilishicha, Berlinda bu boradagi Vashingtonning xulosalari nimaga asoslanganini bilmasliklari, lekin amerikaliklar hisoboti batafsil ekanligi va axborot manbalarining juda ko‘pligi ehtimolni oshirayotgani qayd etilgan. “Rossiya hujumining asosiy yo‘nalishlari hamda alohida rus harbiy qismlariga tavsif berilmagan, bunda ularning qanday vazifalar bilan ishlashi ham noma’lum”, — deb yozgan nemis harbiylari va diplomatlar orasidagi manbalarga tayanib Der Spiegel.

    Yevropaning ayrim mamlakatlari AQShning Rossiyaning rejalari borasida bergan ma’lumotiga ishonmoqda, deya qayd etgan Politico manbalari. Buyuk Britaniya vakili mamlakat hukumatida razvedkadan olingan axborotlarga ko‘ra 16-fevralda hujum uyushtirilishi mumkinligini aytgan. Ikki nafar yevropalik diplomat (ularning qit’aning qaysi mamlakatidan ekaniga aniqlik kiritilmagan) vaziyatga xavotir bilan munosabatda bo‘lgan, deya yozgan Politico. Ulardan biri bunga ishonchi kamligi, sababi Putin tomonidan bunday qo‘pol xatoga yo‘l qo‘yilmasligini ta’kidlagan.

    Rossiya Ukrainaga hujum qilishini inkor etmoqda. Rossiya TIV AQShning yangi bayonotlarini “jazavaga tushish” deb atagan. “Angllar va sakslarga urush kerak. Ular nima bo‘lgan taqdirda ham, uning boshlanishini istamoqda. Provokatsiyalar, dezinformatsiya va tahdidlar o‘z muammolarini hal etishning sevimli uslubi. AQSh harbiy-siyosiy mashinasi yana odamlar hayotiga xavf solmoqchi. Butun dunyo zo‘ravonlik va saltanat maqsadlarining fosh bo‘lishini kuzatmoqda”, — deb yozgan Telegram-kanalida Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova.

    12-fevralda Putin AQSh prezidenti Jo Bayden hamda Fransiya davlat rahbari Emmanuel Makron bilan telefon orqali muloqot qildi. Avval Putin Bayden bilan 2021-yil 30-dekabrda gaplashgan (shundan keyin Rossiya va AQSh Yevropada xavfsizlikni ta’minlashning kafolatlari haqida muzokara o‘tkazgan, Rossiya ularning natijasini samarasiz deb baholagandi). Makron va Putin esa 7-fevralda shaxsan uchrashib, bir necha soat davomida muzokaralar olib borgan.

    10 dan ziyod mamlakatlar o‘z fuqarolaridan Ukrainadan chiqib ketish yoki u yerga bormaslikni so‘ragan. Amerikaliklar Ukrainadan yaqin 24-28 soat ichida tijoriy aviaqatnovlar ishlab turgan paytda chiqib ketishi zarur, sababi Rossiya Ukrainaga hujum qiladigan bo‘lsa, havodan ham zarbalar berilishi mumkin, bu esa fuqarolik aviatsiyasi laynerlarining parvozini to‘xtatib qo‘yadi, deydi Jeyk Sallivan. AQShdan tashqari, Buyuk Britaniya, Niderlandiya, Finlyandiya, Latviya, Estoniya, Shimoliy Makedoniya, Chernogoriya, Isroil, Yaponiya va Janubiy Koreya ham o‘z fuqarolariga Ukrainaga bormaslik yoki u yerdan ketishni tavsiya qilgan.

    12-fevralda chop etilgan Britaniya gazetalarining birinchi sahifalari. Muqovalar Ukrainaga kutilayotgan hujum va britaniyaliklarning zudlik bilan u yerdan ketishiga bag‘ishlangan

    Ukraina atrofidagi keskinlikning yangi bosqichi jahon bozoriga ham o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Dollarning qiymati 11-fevralda 1-fevraldan beri ilk marta 77 Rossiya rublini tashkil qildi, yevro kursi esa 27-yanvardan beri birinchi marta 88 rubldan oshdi. AQShning yangi bayonotlaridan keyin Amerikaning asosiy fond indekslari 1,4-2,8 foizga pastladi. Brent markasidagi neft narxi esa 2014-yil oktabr oyidan beri ilk marta barrel uchun 95 dollarga chiqdi. Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich mamlakatning Ukraina bilan bog‘liq vaziyat tufayli tezkorlik bilan oziq-ovqat va neft mahsulotlarini sotib olayotganini e’lon qildi.

    Rossiya federatsiyasi uchun “og‘ir sanksiyalar” paketi tayyor. Bu haqda Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriya Kuleba 11-fevral oqshomida, Yevroittifoq tashqi siyosiy xizmati rahbari Jozep Borrel bilan muzokaralardan keyin ma’lum qilgan. O‘z navbatida Jeyk Sallivan ogohlantiruvchi sanksiyalarni qo‘llash ko‘zda tutilmaganini qayd etgan. Rossiyaga qarshi tayyorlab qo‘yilgan cheklovlar asosan banklar, katta biznesmenlar va qurol-yarog‘ eksporti sohasiga taalluqli; Rossiyani G‘arbda SWIFT’dan o‘chirish g‘oyasidan yakunda voz kechildi, deya xabar qilgan YeI va AQShdagi manbalarga asoslanib Reuters.

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    × Lightbox Image

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Chirchiqda “otopleniye” yoqilgani bois xonadonlarni suv bosgani xabar berilgandi. Hokim, prokuror va deputat suv bosgan xonadonlarga bordi

    Bugun, 00:19

    Qozog‘iston G‘azo sektoriga 38 tonna gumanitar yordam yubordi (foto)

    Kecha, 23:59

    APL. “Tottenhem” 5 ta gol urilgan o‘yinda “Nyukasl” ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi

    Kecha, 23:38

    Surxondaryoliklarning respublika tashkilotlariga murojaatlari o‘tgan 2022-yilga nisbatan 26 mingtaga kamaygan

    Kecha, 23:31

    Bryanskdagi maktabda otishma uyushtirgan qizning otasi ikki oyga qamaldi

    Kecha, 23:15

    Andijon hokimi dam olish kuni yig‘ilish o‘tkazib, Izboskan tumani hokimini ishdan oldi

    Kecha, 22:56

    Instagram: Azoda turmushga chiqdi, Mavluda Asalxo‘jayeva nevarali bo‘ldi, Dilfuza Ismoilova san’atkor dugonasiga qimmatbaho avtomobil sovg‘a qildi

    Kecha, 22:40

    Hududiy kelishmovchilik: Venesuela va Gayana prezidentlari uchrashadi

    Kecha, 22:36

    “Granada” va “Atletik” o‘rtasidagi bahs tribunadagi muxlisning ahvoli yomonlashgani tufayli to‘xtatildi

    Kecha, 22:16

    Qozog‘iston va O‘zbekiston iqtisodiyoti taqqoslandi. Kimniki kuchli?

    Kecha, 21:55

    Tavsiya etamiz

    Surxondaryoliklarning respublika tashkilotlariga murojaatlari o‘tgan 2022-yilga nisbatan 26 mingtaga kamaygan

    23:00 / 10.12.2023

    “Jadidchilik ham maorif, ham davlatchilik va so‘z erkinligi edi”. Xorijlik jadidshunos olimlar bilan suhbat

    18:00 / 10.12.2023

    Akula hujumidan halok bo‘lgan sayyoh, polda yotgan yaradorlar, bitiruv marosimidagi itlar — hafta suratlari

    22:00 / 09.12.2023

    Qozog‘iston va O‘zbekiston iqtisodiyoti taqqoslandi. Kimniki kuchli?

    21:00 / 10.12.2023
    Daryo

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.