Shavkat Mirziyoyev 2-fevral kuni chiqindilar bilan ishlash tizimini takomillashtirishga doir yig‘ilishda maishiy chiqindi yig‘ish poligonlari masalasiga to‘xtalib o‘tdi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar qildi.
Qayd etilishicha, yig‘ilishda yangi ko‘p qavatli uy-joylar loyihasida sanitar-gigiyenik talablar asosida zamonaviy chiqindi yig‘ish shoxobchalari qurish talabi shaharsozlik normalariga kiritilishi zarurligi ta’kidlangan.
Shuningdek, hududlar rahbarlariga resursni o‘tab bo‘lgan maishiy chiqindi poligonlarini (jami 165 gektar maydonda 24 ta) 1-mayga qadar ko‘mish choralarini ko‘rish topshirilgan.
Mutasaddilarga poligonlarni rekultivatsiya qilish dasturini ishlab chiqib, tegishli ishlarni boshlashga topshiriq berilgan.
Kelgusi yildan poligonlar tashkil etish va ularni yopishni tartibga solish bo‘yicha aniq moliyaviy manbalarini ko‘rsatgan holda qonun loyihasini ishlab chiqish maqsadga muvofiqligi qayd etilgan.
Bir oy muddatda Ohangaron tumanida Osiyo taraqqiyoti banki ishtirokidagi 30 gektar maydonda poligon tashkil etish bo‘yicha 17 million dollarlik loyiha doirasidagi qurilishni boshlashga ko‘rsatma berilgan.
Mavzuga doir:
- O‘zbekistonda chiqindi to‘plash uchun import qilinadigan texnika va ehtiyot qismlar 3 yil muddatga bojxona bojidan ozod etiladi
- “Odamlarimiz hatto hovlisi atrofini tozalashdan, daraxt, gul, ko‘chat ekib, saranjom-sarishta qilib qo‘yishdan erinadigan bo‘lib qoldi” — Shavkat Mirziyoyev
- O‘zbekistonda maishiy chiqindilarni qayta ishlash darajasi 25 foizgacha yetkazilgani ma’lum qilindi