Ijtimoiy tarmoqlarda Qoraqalpog‘istonning Nukus shahrida ko‘p sonli odamlar avtomobil yo‘lini to‘sib qo‘ygani aks etgan video tarqaldi.
Holat shaharning Media Park bozori yaqinida yuzaga kelgan. Hozircha aholi nima sababdan yo‘lni to‘sgani ma’lum emas. Hozircha holat yuzasidan rasmiy izoh berilmadi.
Bundan avval Qo‘yliqda bozor buzilishidan norozi odamlar katta avtoyo‘lni to‘sgan edi. Keyinchalik voqea ishtirokchilari qamoqqa olingandi.
Izoh (0)