Janubiy Amerika mintaqasida JCh—2022 saralashi doirasidagi 16-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.
Argentina terma jamoasi Lautaro Martinesning yagona goli evaziga Kolumbiyadan ustun keldi.
Braziliya esa o‘z uyida Paragvayga javobsiz to‘rtta gol urdi. “Pentakampionlar”ning gollariga Rafinya, Filippe Koutinyo, Antoni va Rodrigo Goes muallif bo‘ldi.
Urugvay terma jamoasi safarda Venesuelani yirik hisobda taslim etgan bo‘lsa, Chili mehmonda Boliviya ustidan g‘alabaga erishdi.
JCh—2022 saralashi, KONMEBOL
16-tur bahslari
2-fevral, chorshanba
Argentina — Kolumbiya 1:0
Gol: 1:0 – 29 Martines.Argentina – Martines, Montel, Pesselya, Martines, Akunya, Gomes (Martines, 80), Rodriges, Lo Chelso (Buendia, 80), Di Mariya (Gonsales, 69), Okampos (Mesa, 58), Martines (Dibala, 69).
Kolumbiya – Vargas, Medina (Valoyes, 67), Tesilyo, Sanches, Moxika, Kuadrado, Uribe (Kantilyo, 57), Barrios (Kuelyar, 75), Xames (Suares, 57), Borxa (Falkao, 75), Dias.
Ogohlantirishlar: Akunya (44), Montel (58), Suares (77), Sanches (90).
Braziliya — Paragvay 4:0
Gollar: 1:0 – 28 Rafinya, 2:0 – 62 Koutinyo, 3:0 – 86 Antoni, 4:0 – 88 Rodrigo.Braziliya – Ederson, Dani Alves, Tiago Silva, Markinyos, Telles, Koutinyo (Bruno Gimaraes, 73), Fabinyo, Lukas Paketa (Rodrigo, 82), Rafinya (Everton Ribeyro, 82), Vinisius Junior (Antoni, 61), Mateus Kunya (Gabriel Jezus, 61).
Paragvay – Silva, Roxas (Eskobar, 46), Balbuena, Alonso, Arsamendiya (Martines, 46), Almiron, Sanches (Ensiso, 87), Vilyasanti (Benites, 69), Oxeda, Gonsales (Sanabriya, 69), Samudio.
Ogohlantirishlar: Arsamendiya (20), Vilyasanti (45), Alonso (78).