• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12456.25
    • RUB158.36
    • EUR14461.71
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Maslahatlar

    Sochlarni qanday yuvish kerak? Shifokordan ko‘pchilik bilmaydigan 12 maslahat

    Ko‘pchiligimiz bu odatiy va oson protsedura tartibini noto‘g‘ri bajaramiz. Soch yuvishning to‘g‘ri algoritmi qanday ekanligi, sochlarni shampun va balzam bilan qanday yuvish kerakligi va bu muhim masalada qanday nyuanslar borligi haqida shifokor-trixolog Salomeya Abolyan ma’lumot beradi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Sochlar tez kir bo‘lmasligi uchun boshni to‘g‘ri yuving

    Teri ifloslangani uchun bosh yuviladi. Turli mamlakatlardagi trixolog va dermatologlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlarda tasdiqlaganidek, bosh terisi va sochlar soch tagida to‘plangan va vaqtida yuvilmagan kirlardan ko‘proq ta’sirlanadi. Boshdagi yog‘ sekretsiyasi, kir va chang bakteriyalar ko‘payishiga zamin yaratadi, terining nafas olishiga yo‘l qo‘ymaydi, soch ildizlari foydali moddalarni ololmaydi — bularning barchasi bosh terisining normal ishlashini buzadi va soch o‘sishini sekinlashtiradi. Sochni muntazam yuvish standart gigiyena muolajasi bo‘lib, uning davomiyligi bosh terisining individual xususiyatlariga va holatiga bog‘liq.

    Google’dan “Sochni shampun o‘rniga tuxum bilan qanday yuvish kerak” deb qidirmang

    Har kuni foydalanishga mo‘ljallangan shampunlar iloji boricha neytral, nozik, gipoallergik va agressiv bo‘lmagan tarkibga ega. Shunga ko‘ra, ularni haqiqatan ham har kuni ishlatish mumkin. Sulfatsiz shampunlarga ham e’tibor bering.

    Agar shunga qaramay sochingizni shampun o‘rniga tuxum bilan yuvishga qaror qilsangiz, quyidagi  kichik ko‘rsatmalarga amal qiling:

    1. Tuxum sarig‘ini oqidan ajratib oling. Soch uzunligiga qarab 1-3 tagacha tuxum talab qilinishi mumkin.
    2. Sochingizni yuving va oddiy shampun kabi tuxum sarig‘ini boshingizga surting.
    3. Sochingizga surtgandan keyin darhol yuvishingiz mumkin yoki cho‘milish qalpog‘ini kiyib, yarim soat davomida boshingizda qoldiring: tuxum sarig‘ini soch niqobi sifatida ishlatishingiz mumkin.
    4. Sochingizni yuving va yuvib tashlanadigan balzamdan foydalaning.
    Bosh yuvish chastotasiga e’tibor bering

    Bosh yuvish chastotasi soch turi va suv sifatini hisobga olgan holda alohida tanlanishi kerak. Agar sochingiz yog‘li bo‘lsa, 3-4 kundayoq boshingizda yog‘ to‘planadi, bu esa yallig‘lanishga olib kelishi mumkin. Yog‘li bosh terisini ehtiyoj sezilgandayoq yuvgan ma’qul.

    Sochni shampun bilan qanday yuvish kerak?

    Shampun miqdori soch uzunligiga bog‘liq. Ayollarning o‘zlari kerak bo‘ladigan miqdorni bilishadi, chunki bolalikdan sochni to‘g‘ri yuvishni o‘rganganmiz. Mahsulotni to‘g‘ridan to‘g‘ri boshga quyish tavsiya etilmaydi, chunki:

    • miqdorini nazorat qilish qiyin bo‘ladi, ushlab ko‘rish bilan aniqlash qiyin;
    • shampunning ko‘p qismi cheklangan hududga tushadi.
    Shuning uchun avval shampunni kaftingizda ko‘pirtirib yoki oz miqdorda suvda suyultirish kerak, shundan keyingina uni sochlaringizga surting.

    Sochni to‘g‘ri yuvish qoidasi

    Sochingizni yuvishdan oldin quyidagilarni qilish to‘g‘ri bo‘ladi:

    1. Yaxshi va toza yuvilishi uchun avval sochni tarash kerak.
    2. Sochingizni u quloqdan bu quloqqacha, shartli chiziq bo‘ylab yuvish lozim, so‘ngra boshning orqa tomonini ham.
    3. Harakatlar massaj yoki barmoq uchlari bilan amalga oshirilishi kerak, lekin har qanday holatda ham terini tirnamaslik lozim.
    Shampunlash paytida bir necha daqiqa massaj qilish tavsiya etiladi, bu soch ildizlariga foydali. Uqalash qo‘llar bilan yoki sochlarni yuvishda foydalanish uchun mo‘ljallangan maxsus massajyor yordamida amalga oshirilishi mumkin.

    Sochlar toza yuvilishi uchun necha marta shampunlash kerak?

    Bularning barchasi yuvish chastotasiga va ishlatiladigan mahsulotga bog‘liq. Agar har kuni sochingizni yuvishingiz kerak bo‘lsa, unda ikki marta ko‘piklashning hojati yo‘q, sochlaringiz ifloslanishga ulgurmaydi ham. Sochlarini haftasiga 2 marta yuvadiganlar uchun shampunni ikki marta qo‘llagan yaxshi. Ikkinchi martasida shampun miqdorini ikki baravar kamaytirish tavsiya etiladi.

    Soch o‘sishi uchun bosh yuvganda qanday haroratdagi suv to‘g‘ri keladi?

    Ko‘pchilik katta xatoga yo‘l qo‘yib, sochlarini juda issiq suv bilan yuvadi, bu esa boshdagi yog‘ bezlarini faollashtiradi. Sochni issiq suvda yuvish noto‘g‘ri. Optimal suv harorati 40-50 daraja bo‘lishi lozim. Aynan shu harorat rejimi yog‘larning yaxshi erishiga, kirning osongina ketishiga yordam beradi, shuningdek, qon aylanishini yaxshilaydi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Oxirida sochni sovuq suv bilan yuving

    Sochni yuvish jarayonini iliqroq yoki sovuq suv bilan yakunlash maqsadga muvofiqdir, bu bosh terisini qon bilan ta’minlashni rag‘batlantiradi va sochlarni yorqin va sog‘lom qiladi.

    Bosh yuvilgandan keyingi niqob

    Niqoblarni qanchalik ko‘p qo‘llash soch holatiga va kerakli ta’sirga, shuningdek, ozuqa moddasining tarkibiga bog‘liq. Agar sochingiz qattiq shikastlangan va yaxshi parvarishga muhtoj bo‘lsa, niqobni har kuni qo‘llang. Soch o‘sishi uchun u va bosh terisi sog‘lom bo‘lishi kerak, shuning uchun sochingizni niqob yordamida tez-tez yuving. 8-10 seansdan so‘ng natija aniq ko‘rinadi, keyin esa ushbu kosmetik mahsulotni kamroq ishlatishingiz mumkin bo‘ladi.

    Agar profilaktika maqsadida sochlaringizga niqob qo‘llashni rejalashtirmoqchi bo‘lsangiz, uni haftasiga 1-2 martadan ko‘p bo‘lmagan holda ishlating. Ushbu chastota optimal hisoblanadi.

    Sochlarni balzam bilan qanday yuvish kerak?

    Shampundan keyin sochlarga balzam qo‘llaniladi. Balzam nafaqat sochning pH darajasini barqarorlashtiradi, balki unga yorqinlik beradi, ipakdek mayin qiladi. Balzam, shuningdek, sochning tashqi qatlamini yoki kutikulani silliqlaydi, ya’ni qattiq suv, shampun va soch bo‘yog‘i qoldig‘ini bartaraf etadi.

    Balzamni sochning uzunligi bo‘ylab qo‘llash mumkin (ba’zilar uni faqat soch uchlariga surtish kerak deb o‘ylashadi), shu jumladan ildizlarga ham, lekin bosh terisiga surtmang. 5-7 daqiqaga qoldiring, keyin yaxshilab yuvib tashlang. Bosh terisiga qo‘llanganda, balzam sochlarni og‘irlashtiradi va ularni ildiz osti hajmidan mahrum qiladi.

    Sochni yuvgandan keyin nima qilish kerak?

    Soch turiga qarab soch yog‘i, himoya spreyi yoki yuvish shart bo‘lmagan boshqa vositalardan foydalanish kerak bo‘ladi.

    Yorliqdagi ko‘rsatmalarga muvofiq quruq yoki nam sochlarga qanday ta’sir qilishiga qarab yog‘ surtish mumkin. Sochingiz yog‘li yoki nam ko‘rinmasligi uchun juda oz miqdorda yog‘dan foydalaning.

    Efir moylarining shikastlangan sochlarga ta’siri ho‘l bo‘lganda yaxshi samara beradi. Shuning uchun quruq sochlarga yog‘ surtishdan avval sochlarni namlang va keyin kerakli effektga erishish uchun yog‘dan foydalaning.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Har doim termohimoyadan foydalaning

    Agar sochingizga doimiy ravishda fen yoki boshqa qurilmalarni ishlatsangiz, termohimoya vositalaridan foydalanishingiz lozim. Bunday vositalar soch turiga bog‘liq emas, boshni yuvgandan so‘ng sochingiz jingalak yoki tekis bo‘ladimi termohimoyadan foydalanish kerak.

    Ayniqsa, nam sochlarga ukladka qilinganda, namlik bug‘lanadi va yog‘ parchalanadi. Sochlar sinadi, yorqinligini yo‘qotadi, mo‘rt bo‘lib qoladi. Shuning uchun har qanday ayol sochini qanchalik to‘g‘ri yuvishga harakat qilmasin, sochlarini fen bilan quritgandan so‘ng, protseduraning foydasi sezilarli darajada kamayadi.

    Shuni ta’kidlash kerakki, termohimoya spreylari odatda tabiiy oqsillarni, E va B5 vitaminlarini, shuningdek, dorivor o‘simliklar ekstraktlarini o‘z ichiga oladi. Ushbu komponentlar tufayli sochlar nafaqat termal ta’sirlardan himoyalanadi, balki qo‘shimcha hajmga ega bo‘ladi, bu esa soch turmagini yanada chiroyli qiladi.

    Mavzuga doir: 

    • Soch to‘kilishiga qarshi kurashda yordam beradigan mahsulotlar
    • Nima uchun sochlarni tez-tez yuvmaslik kerak? Bunga shampunning aloqasi bormi?
    • Sochlarning jilokor va sog‘lom bo‘lishiga hissa qo‘shuvchi 7 odat
    • Sochlarning uzun va qalin bo‘lishiga hissa qo‘shadigan foydali mahsulotlar

    31.01.2022, 11:39   Izoh (0)   28556
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Kir yuvish mashinasida yuvish tavsiya etilmaydigan kiyimlar

    28.01.2022, 20:36

    Uyda eng ko‘p bakteriya to‘planadigan 7 ta buyum

    28.01.2022, 10:36

    Sarxil va foydali meva-sabzavot xarid qilishda asqatadigan 10 ta maslahat

    25.01.2022, 17:26

    Oyoq kiyim qutisida saqlash mumkin bo‘lgan kosmetika, taqinchoq va boshqa buyumlar (foto) 

    24.01.2022, 20:42

    Ko‘proq yuring: kuniga 10 ming qadam tashlashingizga yordam beradigan 5 ta tavsiya

    21.01.2022, 18:43

    Maishiy texnikalarning faqat narxini oshiruvchi keraksiz funksiyalari

    14.01.2022, 11:48
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    Toshkent shahar hokimligi ko‘magida 2025-yil 2-4-oktyabr kunlari CAEx HoReCa & UzFPT ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    Click & Smart Business (sobiq UZKASSA): biznes muvaffaqiyati va mijozlar qulayligi uchun hamkorlik


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    Anorbank va Beelab O‘zbekiston raqamli banking bozorida hamkorlik o‘rnatdi


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Isroil hujumida 80 dan ortiq g‘azolik halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 25 iyun, 08:40

    O‘zbekistonliklar qurilish, logistika, tibbiy xizmatlar bo‘yicha Shvetsiyaga ishga yuboriladi

    O‘zbekiston | 25 iyun, 08:38

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Chelsi” 3-turda yirik hisobda g‘alaba qozondi, yana bir uchrashuvda durang qayd etildi (video)

    Sport | 25 iyun, 08:38

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Benfika” so‘nggi turda “Bavariya”dan ustun keldi, “Boka Xuniros” turnir bilan xayrlashdi (video)

    Sport | 25 iyun, 08:10

    “Daryo” dayjesti: 24-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 24 iyun, 23:15

    Chinozdagi dehqon bozorida o‘g‘rilik sodir etgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 24 iyun, 23:00

    NASA’ning “o‘lik” sun’iy yo‘ldoshi 60 yildan so‘ng birinchi marta signal yubordi

    Dunyo | 24 iyun, 22:38
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.