Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonda mayda pullar miqdori kamayib ketmoqda. Bu haqda Markaziy bankning sharhidan ma’lum bo’ldi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Bir yil ichida muomalaga chiqarilgan deyarli barcha banknotlar miqdori tushdi:

  • 1 000 so‘m— 2,1 foizdan 1,4 foizga;
  • 5 000 so‘m— 16,1 foizdan 12,7 foizga;
  • 10 000 so‘m — 15,7 foizdan 14,5 foizga;
  • 50 000 so‘m— 38,8 foizdan 34,2 foizga.

Shu davr ichida faqatgina 100 000 so‘mlik banknotlar miqdori ko‘paydi — 27,3 foizdan 34,8 foizga.

Muomaladagi naqd pullar tarkibida yirik banknotlarning ko‘payishi ortidan banknotlar umumiy soni sezilarli darajada kamaydi va 492,4 mln donaga yoki 18 foizga tushdi.

2021-yilda bank kassalari va bankomatlardan berilgan naqd pullar hajmi 2020-yilga nisbatan 75,3 trln so‘mga oshishi kuzatildi. Ushbu o‘sishning asosiy qismi bank kartalaridan naqd pul yechish hisobiga yuzaga keldi.

Naqd pulga bo‘lgan talabdan kelib chiqqan holda muomalaga qo‘shimcha naqd pullar chiqarib borildi. Ayrim davrlarda esa ortiqcha naqd pullarning qaytishi ham kuzatildi.

Shu bilan birga, qaytim pullari sifatida foydalanish uchun 2021-yil davomida qo‘shimcha 14,6 mlrd so‘mlik yangi tangalar muomalaga chiqarildi. Tangalarning umumiy naqd pullar tarkibidagi ulushi 0,16 foizga yetdi.

Mayda banknotalar kamayib ketishining asosiy sababi — muomalada naqd pullar miqdorini qisqartirish. Bundan maqsad — naqd pulni odamlar uchun qulayligini oshirish.

Mayda pullar miqdori kamayishi davom etadi

1000 so‘mlik pullar tanga shakliga o‘tkazilsa, foydalanishga qulay bo‘ladi. Bu haqda Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurodov 20-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Aytilishicha, kelgusida 1000 so‘mlik qog‘oz shaklida yoki yangi banknota ko‘rinishida muomalaga chiqarilmaydi.

1000 so‘mlikni qayta qog‘oz shaklida chiqarmoqchi emasmiz. Biz uni avval tanga pul shaklida chiqarganmiz. Ming afsuski, aholimiz tangadan kam foydalanyapti. Eng ko‘p qo‘llaniladigan pul belgilaridan biri bu — 500 va 1000 so‘mlik tangalar hamda 2000 so‘mlik pulimizdir. Shuning uchun ham 1000 so‘mlikni to‘laligicha tanga shakliga o‘tkazmoqchimiz. Bu bir tomondan muomalani tashkil qilish bilan bog‘liq xarajatlarini kamaytirsa, ikkinchidan foydalanishga juda qulay bo‘ladi, — dedi Mamarizo Nurmurodov.

Avvalroq aholi uchun naqd puldagi munosabatlarda qulayliklar yaratish maqsadida, 2024-yilda O‘zbekistonda 200 ming so‘mlik banknotlarni muomalaga chiqarish rejalashtirilgani xabar berilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Madaniyat
“Xudodan qo‘rqmagan odamdan qo‘rqdim”. O‘zbekiston xalq artisti Bobomurod Hamdamov oilaviy nizolar tufayli ijara uyda yashamoqda (video)
Mahalliy
“Odamlar o‘limida o‘zimni aybdor hisoblamayman” — Nukusdagi tartibsizliklar yetakchisi Dauletmurat Tajimuratov
Mahalliy
Samarqandda o‘quvchining onasi “zamdirektor”ni kaltakladi