19:22, 21.01.2022 12708

Toshkentga 20-yanvar kuni uchib kelgan 3480 yo‘lovchidan 66 nafarida koronavirus aniqlandi

Toshkent xalqaro aeroportida 20-yanvar kuni mamlakatga uchib kelgan 3480 nafar yo‘lovchining 66 nafarida koronavirus aniqlandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qildi.

Qayd etilishicha, bemorlar kasallikning kechishiga ko‘ra, uy sharoitida va mehmonxonalarda davolanishga yo‘naltirilgan. Ambulator sharoitida muolaja oladigan fuqarolarga aeroportning o‘zida 4 xildagi bepul dori-darmon vositalari berilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, mamlakatga kelgan xorijiy davlat fuqarosidan COVID-19 ning yangi omikron shtammi 2022-yilning 7-yanvar kuni aniqlandi. Shu sababli 15-yanvardan turli tadbirlar tashkil etish taqiqlandi. Shuningdek, emlanmagan xodimlar ishga qo‘yilmaydi. SSV ish beruvchilardan 20-yanvarga qadar xodimlarni emlashga chaqirishni so‘radi. Aeroportlarda koronavirusga qarshi majburiy test topshirish joriy etildi.

Boshqa yangiliklar