O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasining “omikron” shtammi aniqlandi, deb xabar bermoqda SSV.

Ma’lum bo‘lishicha, mamlakatga kelgan xorijiy davlat fuqarosidan COVID-19 ning yangi “omikron” shtammi joriy yilning 7-yanvar kuni aniqlangan.

Yig‘ilishda koronavirus pandemiyasiga qarshi choralar ko‘rishni qat’iy davom ettirish masalasi atroflicha muhokama qilindi.

Xususan, Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan jamoat joylarida niqob taqish, ijtimoiy masofani saqlash, shaxsiy gigiyena qoidalariga qat’iy rioya etish ustidan nazorat kuchaytirilmoqda.

Bunda, barcha tashkilot, korxona va muassasalarda, yirik savdo majmualari, supermarketlar, ko‘ngilochar muassasalarning kirish qismida niqobda bo‘lish, ijtimoiy masofani saqlash, tana haroratini o‘lchash amaliyotiga qat’iy rioya etilishi ta’minlanadi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning fuqarolarimizni Umra ziyoratlaridan qaytishlarida koronovirusga PZR yoki ekspress testni Saudiya Arabistoni hududida o‘zbek tibbiyot xodimlari tomonidan olinishi va manfiy natijasiga muvofiq kirib kelishini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berildi.