Futbol bo‘yicha Osiyo Chempionlar Ligasining 2022-yilgi mavsumi guruh bosqichiga 17-yanvar, dushanba kuni qur’a tashlandi.
O‘zbekiston chempioni “Paxtakor” D guruhida “Ad-Duhayl” (Qatar), “Sepahon” (Eron) jamoalari bilan kuch sinashadi. To‘rtinchi jamoa nomi pley-off bosqichi natijasiga ko‘ra hal bo‘ldi.
“Nasaf” esa musobaqani pley-off bosqichidan boshlaydi. Ro‘ziqul Berdiyev shogirdlari guruh bosqichi yo‘llanmasi uchun BAAning “Baniyas” jamoasi bilan kuch sinashadi. 15-mart kungi o‘yin g‘olibi “As-Sadd” (Qatar), “Al-Faysali” (Saudiya Arabistoni) va “Al-Vihdat” (Iordaniya) jamoalari bilan birga E guruhidan joy oladi.
OChL guruh bosqichi qur’a natijalari bilan tanishing:
G‘arb mintaqasi
A guruhi- “Al-Hilol” (Saudiya Arabistoni)
- “Ar-Rayyan” (Qatar)
- “Istiqlol” (Tojikiston)
- “Sharja” (BAA) - “Al Zavra” (Iroq) g‘olibi
- “Al-Jazira” (BAA)
- “Ash-Shabab” (Saudiya Arabistoni)
- “Mumbay Siti” (Hindiston)
- “Eyr Fors” (Iroq)
- “Fulad” (Eron)
- “Shabab Al-Ahli” (BAA)
- “Ahal” (Turkmaniston)
- “Al-G‘arafa” (Qatar)
- “Ad-Duhayl” (Qatar)
- “Sepahon” (Eron)
- “Paxtakor”(O‘zbekiston)
- “At-Tavun” (Saudiya Arabistoni) - “Al Jayish” (Suriya) g‘olibi
- “As-Sadd” (Qatar)
- “Al-Faysali” (Saudiya Arabistoni)
- “Al-Vihdat” (Iordaniya)
- “Baniyas” (BAA) - “Nasaf” (O‘zbekiston) g‘olibi
Mavzuga doir: Osiyo Chempionlar Ligasi 2023-yildan “kuz-bahor” tizimiga o‘tadi
Izoh (0)