• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12917.1
    • RUB160.14
    • EUR14460.69
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login

    Bepul, ochiq, dunyodagi eng katta, biroq hammayam ishonavermaydigan onlayn ensiklopediya — Vikipediya tarixi

    Axborotga bo‘lgan ehtiyojni qondirib, dunyodagi istalgan mavzu-masala haqida ma’lumot topib beruvchi, har qanday foydalanuvchining joniga ora kiradigan Vikipediya onlayn ensiklopediyasi bundan roppa-rosa 21 yil avval ishga tushirilgan edi. “Daryo” kuniga millionlab o‘quvchi murojaat qiladigan yirik manba tarixi va rivojlanishi haqida batafsil hikoya qiladi. 

    Foto: Getty Images

    Ulkan ma’lumotlar bazasining “tug‘ilishi”

    Muassisi Amerikaning “Fond Wikimedia” tashkiloti bo‘lgan sayt ko‘ngillilar faoliyatining natijasidir. Har kimning o‘zidagi bilim va ma’lumotlarni erkin bo‘lishishiga yordam beradigan bepul, onlayn ensiklopediyaga 2001-yilda amerikalik tadbirkor Jimmi Donal Ueyls asos soladi.

    Ensiklopediyani ishlab chiqqunga qadar Ueyls tamoman boshqa loyihada omadini sinab ko‘radi. 1996-yilda do‘sti Tim Shell bilan birga Bomis kompaniyasini ochadi. 2000-yil mart oyida Jimmi Ueyls va Larri Senger Vikipediyadan farqli o‘laroq, professional olimlar tomonidan ingliz tilida yozilib, tahlil qilinadigan Nupedia loyihasini ishga tushirishadi. 3 yillik faoliyati davomida ensiklopediyada 25 ta tugallangan va 74 ta to‘ldirish jarayonida bo‘lgan maqola paydo bo‘ladi.

    Qisqa muddat ishlagani va mavjud materiallar soni ko‘p bo‘lmaganiga qaramay, 2008-yilda CNET Networks Nupediani insoniyat tarixidagi eng buyuk saytlardan biri deb e’lon qiladi. 2001-yil 15-yanvarda www.wikipedia.com sayti rasman ishga tushirilgan va yil oxirigacha 20 mingdan ziyod turli mavzudagi ma’lumotlar 18 ta tilda paydo bo‘ladi. 2007-yili esa ingliz tili bo‘limidagi ma’lumotlar soni 2 milliontaga yetadi. 2013-yili YuNESKO Vikipediya asoschisi Jimmi Ueylsni Nils Bor nomidagi xalqaro sovrin bilan taqdirlaydi.

    Tadbirkor va yirik investor, Vikipediya asoschisi Jimmi Ueyls

    Tadbirkor va yirik investor, Vikipediya asoschisi Jimmi Ueyls
    Foto: “energovector.com”

    “Wikipedia” nima degani? 

    Veb-saytdagi wiki atamasi ilk bor 1995-yili Uord Kanningem tomonidan WikiWikiWeb’ni ishlab chiqish uchun ishlatiladi. Nom uchun u gavayi tilida “tez” ma’nosini anglatadigan so‘zni afzal biladi. Kanningemning bunday tanlovi Gonolulu xalqaro aeroportidagi xodimning terminallar orasida harakatlanadigan “wiki wiki shuttle” — kichik avtobusdan foydalanishni bergan maslahati bilan bog‘liq. Keyinchalik wiki’ning inglizcha — What I know is (Bilganim shuki...) kengaytirma abbreviaturasi o‘ylab topiladi. Pedia esa ensiklopediyaning qisqartmasidir.

    Manba ma’lumotlari asosli emas(mi?)

    Ensiklopediyadagi ma’lumotlarga anonim bo‘lmagan barcha foydalanuvchi o‘zgartirish kiritishi mumkin. Aynan shu sabab ham barcha taqdim qilinadigan ma’lumotlarning aniqligiga kafolat yo‘q. Uning ishonarli yoki noaniq ekani ko‘pincha bahs va muhokamalarga, kezi kelganda, tanqidlarga sabab bo‘ladi. Aksar kishilar undagi faktlardan shak-shubhaga o‘rin qoldirmaydigan dalil sifatida foydalanadi. Ammo nufuzli olim, ilmiy tadqiqotchi, mutaxassis va professorlar bunga deyarli havola bermaydi.

    Lekin ma’lumotlar bazasi ochiqligi uchun ham anonim foydalanuvchilarga ma’lumotlarini tahrirlash imkoniyati berilmasligini inobatga olish kerak. Saytdagi mavjud qoidalarga binoan manbalar havola bilan berilishi, muallifning shaxsiy nuqtayi nazari emas, neytrallik bo‘lishi kerakligiga urg‘u beriladi. Doimiy ravishda yangilanib turadigan ensiklopediyada maqolalardan biri yuqori sifatli, boshqasi esa aksincha tamoman yaroqsiz bo‘lishi mumkinligini yaxshi bilgan loyihachilar kamchilikni to‘g‘rilash ustida muntazam ish olib boradi.

    Shu bilan birga, Vikipediyaning o‘zida ham undan birinchi manba sifatida foydalanish tavsiya etilmaydi. 2004-yili kutubxona xodimi Filip Bredli The Guardian nashriga bergan intervyusida Vikipediya konsepsiyasini yoqtirishi, lekin undan amaliy maqsadlarda foydalanmasligini ta’kidlagan. “Asosiy muammo — ishonchsizligida. Bosma nashrlarda noshirlar evaziga haq olayotgani hisobiga o‘z ma’lumotlarini tekshirib ko‘rishga majbur bo‘ladi. Vikipediyada esa bunday emas”, — degan u.

    2005-yili Nature jurnali ilmiy mavzulardagi 42 ta maqola, jumladan, Vikipediya va Britannica ensiklopediyasidan olingan taniqli olimlarning biografiyalari haqidagi ma’lumotlarning naqadar to‘g‘riligini taqqoslab, tadqiqot o‘tkazgan. Unda akademik jamoalardan anonim vakillar ishtirok etgan.

    Natijada Vikipediyadagi maqolada faktlar bilan bog‘liq 4 ta xato borligi yoki ma’lumot o‘tkazib yuborilgani, Britannica’da esa ushbu kamchiliklar soni 3 ta ekani aniqlangan. Shundan so‘ng Vikipediya aniqlik darajasi bo‘yicha Britannica’ga yaqinlashmoqda degan to‘xtamga kelingan. Bunday xulosadan ajablangan Britannica ensiklopediyasi tadqiqot usullarini ma’lum qilishini talab qilgan. Tekshiruvlarda esa tadqiqot davomida Britannica matnlari turli maqolalar, xususan, ensiklopediyaning bolalarga mo‘ljallangan versiyasidan kompilyatsiya ekani aniqlangach, natijalarning shubhali ekani ma’lum bo‘lgan.

    Onlayn ensiklopediyaga qo‘yilgan yodgorlik

    Vikipediyaga qadar Min sulolasidan bo‘lgan Xitoy imperatori Yunle (1360—1424) buyrug‘i asosida 1407-yili yozilgan va imperatorlik kutubxonasi kitoblaridagi barcha ma’lumotlarni o‘zida jamlagan kitob eng katta ensiklopediya deb hisoblangan.

    2014-yili Polshaning Collegium Polonicum mahalliy kolleji direktori Krishtof Voysexovskiy g‘oyasi asosida Slubitse shaharchasida Vikipediyaga o‘rnatilgan yodgorlik.

    2014-yili Polshaning Collegium Polonicum mahalliy kolleji direktori Krishtof Voysexovskiy g‘oyasi asosida Slubitse shaharchasida Vikipediyaga o‘rnatilgan yodgorlik.
    Foto: Wikipedia

    2014-yili Polshaning Germaniya bilan chegarasi yaqinidagi Slubitse shaharchasida dunyoda ilk bor Vikipediya onlayn ensiklopediyasiga yodgorlik o‘rnatilgan. Ushbu g‘oya Collegium Polonicum mahalliy kolleji direktori Krishtof Voysexovskiyga tegishli bo‘lib, u bu orqali foydali resurs asoschilariga o‘z minnatdorligini izhor etmoqchi bo‘lgan. Loyihaga ushbu kollejning bitiruvchisi, 30 yoshli arman haykaltaroshi Migran Nakobyan mualliflik qilgan. Unda kitob ustida turgan ikki nafar erkak va ayol qo‘lida saytning rasmiy logotipini ko‘tarib turganini ko‘rish mumkin. Vikipediyaning logosi Yer sharining rang-barangligi va unda turli insonlar yashashini anglatadi.

    Foto: Getty Images

    Senzura

    Istalgan ma’lumotni olish mumkinligi sabab ham ayrim mamlakatlarda undan foydalanishga cheklov qo‘yish holatlari kuzatilishi mumkin. Masalan, 2015-yilda Xitoyda, 2017-yil 29-aprel kuni Turkiyada eng yirik onlayn-ensiklopediyaning barcha tillardagi versiyalari butun mamlakat bo‘ylab bloklangan. Turkiya rasmiylari bunga asos qilib, Vikipediya mamlakat qiyofasini xalqaro sahnada qora ko‘rsatishga qaratilgan kampaniyaning bir qismiga aylanganini ta’kidlagan. 2021-yil fevralda esa bu holat oy boshida harbiy to‘ntarilish sodir bo‘lgan Myanmada ham kuzatilgan.

    O‘zbek tilidagi Vikipediya bo‘limi

    Har kim o‘z ona tilida ma’lumot joylashi yoki olishi mumkinligi ensiklopediyaning eng asosiy afzalliklaridir. O‘zbek tilidagi Vikipediya 2003-yil 21-dekabrda ishga tushgan. Lotin va kirill alifbosida joylangan ma’lumotlar soni 138 634 tani tashkil etadi. 2018-yili hukumat qarori bilan Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining virtual makonda ishtirokini faollashtirish konsepsiyasi va uni amalga oshirish bo‘yicha tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi”ga binoan saytda O‘zbekiston haqidagi ma’lumotlar ko‘payishi, o‘zbekcha namunasidagi axborot boyitilishi haqida ma’lumot berilgandi.

    Foto: Getty Images

    U yolg‘iz emas

    “Vikimedia fondi” boshqaruvida Vikipediyadan boshqa loyihalar ham mavjud. Ko‘p tarmoqli lug‘atlarni o‘z ichiga oladigan Wiktionary, iqtibos va iboralarni jamlagan Wikiquote, onlayn kutubxona sifatida ma’lum bo‘lgan Wikibooks, shuningdek, ilmiy loyihalarni mujassam qilgan Wikiversity, Wikinews (axborotlar), Wikisource(multimedia fayllari), Wikivoyage (sayyohlik yo‘nalishida ma’lumot beruvchi) va Wikimedia (fondning turli loyihalari haqida ma’lumotlar joylashtirilgan veb-sayt) shular jumlasidan.

    Mojarolar girdobida

    Ma’lumotlarni istalgan odam tahrirlashi mumkinligi sabab ham sayt bilan bog‘liq boshog‘riqlar ko‘p uchragan. 2005-yili amerikalik siyosatchi va jurnalist Jon Seygentaler o‘zining shaxsi bilan bog‘liq maqolada yolg‘on dalillar, xususan, AQSh prezidenti Jon Kennedining o‘limiga aloqadorligi haqida yozilganini payqagach, matbuotda chiqish qilgan. Ushbu voqeadan keyin 38 yashar Brayan Cheyz “ushbu karomat” unga tegishliligini tan oladi-yu, surbetlarcha bu shunchaki hazil bo‘lganini aytib o‘zini oqlaydi.

    Mojaro Vikipediyaning “otasi” Jimmi Ueyls o‘rtaga tushganidan keyin bosdi-bosdi bo‘ladi. Ueyls bu kelishmovchilikda aybdor ekanini tan oladi. Muammo hal etilsa-da, aynan ushbu holat internet, xususan, Vikipediyadagi noaniq ma’lumotlar — yolg‘on axborot tarqalishi, unga kimlardir ishonib, ma’lum bir shaxs yo‘q joydan yomonotliq bo‘lishi mumkinligiga isbot bo‘ladi.

    Brayan Cheyz aybdorligini tan olishidan bir hafta o‘tar-o‘tmas, Jimmi Ueylsning o‘zi ham shaxsi haqidagi ma’lumotlariga o‘zgartirish kiritgan. Ushbu tahrir loyihaning ikkinchi asoschisi Larri Zanger bilan bog‘liq. Bundan xabar topgan Zanger Jimmini haqiqatni yashirishda ayblaydi.

    2006-yilning yanvarida sud qarori Vikipediyaning nemis tilidagi bo‘limi ishlashiga taqiq qo‘yadi. Bunga Tron taxallusi bilan ma’lum bo‘lgan xakerning haqiqiy ismi bilan bog‘liq maqola taqdim etilgani sabab bo‘ladi. Gap shundaki, aloqa sohasidagi qonunga zid harakatlari sabab 1997-yilda ozodlikdan mahrum qilingan xaker 1998-yilda noaniq sabab bois hayotdan ko‘z yumadi va u haqida ma’lumot tarqatish man qilingan edi.

    Dastlab 10 dan ortiq tilda ma’lumot taqdim qilgan Vikipediyada bugun 300 dan ortiq tildagi (ulardan 6 438 145 tasi ingliz tilida) 58 milliondan ko‘proq maqola mavjud. Saytda ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilar soni esa 42,873,526 nafar, sayt administratorlari esa 1061 kishidan iboratdir. Ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilardan 118,900 nafari o‘tgan oy davomida faol bo‘lgan.

    Yaxshimi-yomonmi, har holda, kimningdir og‘irini yengil, mushkulini oson qilayotgan, oddiy o‘quvchining bilim darajasini oshirishga ko‘maklashayotgan, dastlabki ma’lumotni olishda birlamchi manba bo‘layotgan Vikipediyaning borligi, doimiy yangilanishi axborot olamidagi chinakam kashfiyotdir.

    15.01.2022, 23:34   Izoh (0)   40308
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “O‘zbekinvest” Italiya va Ispaniya sug‘urta kompaniyalari bilan hamkorlik bitimlarini imzoladi


    Nega aynan bugun farzandingizga sarmoya kiritish muhim ahamiyatga ega?


    Hyundai Uzbekistan sizni Before Service tadbiriga taklif etadi


    “Trastbank”dan kichik biznes egalari uchun 500 mln so‘mgacha kredit!


    Central Asian University ta’lim va tibbiyot yangi ekotizimiga 350 million dollarlik sarmoya kiritmoqda


    Uzbekistan Airways Islomobodga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    M-Clinic’da UZD bo‘yicha yetakchi mutaxassislar ishtirokida birinchi telemeditsina maslahati o‘tkazildi 


    Biznesni rivojlantirish banki Londonda kelishuvlarga erishdi


    TENET: Sodiq Azimov ko‘chasidagi Stellar Residence premium rezidensiyalari galereyasi


    TezQR InfinBANK orqali Amirsoydagi shalelarga eshiklarni ochadi


    APEX BANK Markaziy savdo ofisi va Bosh ofisini ochishga tayyorgarlik ko‘rmoqda: yangi ko‘lam, yangi imkoniyatlar


    “A.M. Best Company” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytinglarini “Barqaror” prognoz bilan “b”/“bb” darajasida tasdiqladi


    Ucell: Ustyurt platosining asosiy yo‘l bo‘linmalarida mobil aloqa


    Jahon banki O‘zbekistonda elektr taʼminotini yaxshilash uchun 100 mln dollar ajratdi


    Silk Avia kattalarsiz sayohat qilayotgan bolalarga hamrohlik qilish xizmatini taklif etadi 

     

    Tavsiya etamiz

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    Dunyo | 19 may, 15:00

    “Zamon talabi shu”. Aktrisa Nozanin G‘afforova professional aktyorlarning blogerlik bilan shug‘ullanayotgani haqida

    Shou-biznes | 19 may, 14:53

    Qozog‘iston va O‘zbekiston chegarasidagi o‘tkazish punkti yana 4 oyga yopildi

    O‘zbekiston | 19 may, 14:41

    Fransiya hindlar sabab 8 mlrd dollarlik harbiy bitimdan mahrum bo‘lishi mumkin

    Dunyo | 19 may, 14:28

    “Milan” futbolchisi “Manchester Siti” hamda “Real” o‘rtasida tanlov qildi

    Sport | 19 may, 14:23

    APEX BANK Markaziy savdo ofisi va Bosh ofisini ochishga tayyorgarlik ko‘rmoqda: yangi ko‘lam, yangi imkoniyatlar

    Reklama | 19 may, 13:30

    “Bu hafta Ukrainadagi urushni to‘xtatish uchun hal qiluvchi bo‘ladi” — Fon der Lyayen

    Dunyo | 19 may, 14:00

    Qozog‘istonga Markaziy Osiyodagi eng kuchli superkompyuter olib kelindi

    Dunyo | 19 may, 13:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.