Toshkent shahrining Olmazor tumanida joylashgan do‘konlarning birida yuzaga kelgan yong‘in bartaraf etildi, deb xabar beradi FVV matbuot xizmati.
Ma’lum qilinishicha, 14-yanvar kuni soat 09:02 da tumanning Qoraqamish-3 dahasidagi oziq-ovqat do‘koni yonayotgani to‘g‘risida tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limiga xabar kelib tushgan. Shunga ko‘ra, 3 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 09:06 da yetib borgan va u soat 09:24 da bartaraf etilgan.
Hodisa oqibatida do‘konning taxminan 80 kvadrat metr maydonida tomi, shifti va ichki qismi yonib zararlangan. Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Avvalroq Namangandagi chevarxonada yong‘in sodir bo‘lgani, Urgut kiyim-kechak bozoridagi 6 ta do‘konda yong‘in chiqqani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)