Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashvili mamlakatni inqirozdan chiqarishning yagona yo‘li navbatdan tashqari parlament saylovlarini o‘tkazish deb hisoblashini ma’lum qildi, deb yozmoqda “Interfaks”.

Foto: “TASS”

Foto: “TASS”

“Mazkur og‘ir inqirozdan chiqish va mamlakat kelajagi uchun yagona foydali qaror iloji boricha tezroq muddatidan ilgari parlament saylovlarini o‘tkazish”, – deya yozgan u ijtimoiy tarmoqlarda.

Shuningdek, Saakashvili o‘zi asos solgan “Yagona milliy harakat” partiyasining hududlarda aholi bilan uchrashuvlarni ko‘paytirish, faollashtirish, “Milliy safarbarlik harakati kuni”ni joriy etib, o‘n minglab odamlarning navbatdan tashqari saylovlar o‘tkazishni talab qilishi bo‘yicha takliflarini qo‘llab-quvvatlashini bildirgan.

U saylovoldi kampaniyasida qatnashishni rejalashtirgani va saylovlarda katta ustunlik bilan g‘alaba qozonishiga ishonishini ta’kidladi.

“Saylovoldi kampaniyasida men ham ishtirok etishim va odamlarni birlashtirishimizni inobatga olgan holda, gruzin jamiyati saylovlarda katta ustunlik bilan g‘alaba qozonadi deb o‘ylayman. Bu borada aniq rejamiz bor va boshlangan ishni yakuniga yetkazamiz”, – deya qayd etgan Saakashvili.

Gruziya sobiq prezidenti mamlakatga yashirin ravishda kirgan va Tbilisida 2021-yil 1-oktabrda hibsga olingandi.

U Gruziyada bir nechta jinoyat ishlariga aloqadorligi tergov qilinmoqda. Qamoqxonaga qaytarilgandan so‘ng siyosatchi tarafdorlariga birinchi murojaatini yo‘lladi. Murojaatida Saakashvili hozir uning uchun “reabilitatsiya”dan keyin o‘zini tiklab, “hujum”ga tayyorgarlik ko‘rish muhim ekanini aytgan.

Saakashvili o‘zini hibsda ushlab turilgani noqonuniy harakat ekanligi va unga nisbatan e’lon qilingan ayblovlar soxtalashtirilgan deb hisoblashi haqida gapirgan.

Saakashvili 2013-yilda Gruziyani tark etgan, shundan so‘ng mamlakatda unga qarshi to‘rtta jinoiy ish qo‘zg‘atilgan, shundan ikkitasida siyosatchi sirtdan uch va olti yillik qamoq jazosiga hukm qilingan. Saakashvili ustidan sud 2007-yil 7-noyabrdagi mitingni zo‘ravonlik bilan tarqatib yuborish va “Imedi” telekompaniyasi ofisini vayron qilish hamda qariyb 9 million lari (2,9 million dollardan ortiq) davlat mablag‘larini talon-taroj qilish ishi bo‘yicha olib borilmoqda. 2021-yilning 20-oktabrida Saakashvili chegarani noqonuniy kesib o‘tishda ayblangan, bu holatda u besh yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Rim papasi Putin va Zelenskiyga murojaat yo‘lladi
Sport
APL. “Manchester Siti” 9 ta gol urilgan derbida “Manchester Yunayted”ni tor-mor etdi. Holand va Fodendan het-trik
Sport
Superliga. “Nasaf” Toshkentda “Paxtakor”ni mag‘lub etib, yakka peshqadamga aylandi