Buxoro viloyatida 2021-yilda turizm xizmatlari hisobiga viloyat iqtisodiga jami 478,9 milliard so‘m tushum jalb qilingan. Bu haqda viloyat Turizm va sport bosh boshqarmasi xabar qildi.
Ma’lum qilinishicha, mablag‘dan xorijiy sayyohlardan olingan tushum qiymati 79,9 milliard so‘mni tashkil etadi. Ko‘rsatkich 2020-yilga nisbatan 4,5 baravarga oshgan. Turizm tarmog‘ida 500 nafarga yaqin yangi ish o‘rni yaratilgan.
Ma’lumot uchun, viloyatdagi 30 ta tadbirkorlik subyektlariga berilgan 79,4 milliard so‘m kredit mablag‘larining 18,6 milliard so‘mi to‘lov muddati 6 oydan 2 yilgacha prolongatsiya qilingan. 78 ta tadbirkorga 1,2 milliard so‘mlik soliq imtiyozlari berilgan. 27 ta tadbirkorga 1,6 milliard so‘mlik ssudalar ajratilgan. Yangi turizm yo‘nalishlarini o‘zlashtirish va amaliyotda joriy etish maqsadida 2 ta sayyohlik tashkiloti va 5 ta gid-ekskursovodga jami 35 million so‘m grant ajratilgan.
Eslatib o‘tamiz, Buxoro viloyatiga 2021-yilda jami 2,2 million nafar sayyoh tashrif buyurgan . Xorijiy turistlar soni 3,5 baravarga, ichki turistlar soni 8 baravarga oshgan.
Mavzuga doir:
- “Turistik salohiyati yuqori tumanlarni rivojlantirish uchun dastlabki bosqichda 200 milliard so‘m ajratiladi” – Shavkat Mirziyoyev
- O‘zbekiston 2022-yilda sayohat qilish uchun eng yaxshi mamlakatlardan biri — The Independent
- O‘zbekistonga 2021-yilning 9 oyida 1,2 mln sayyoh kelgan, 273 mln dollarlik turizm xizmatlari eksport qilingan
Izoh (0)