Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Turkiyada tez-tez turli mavzularda so‘rovlar o‘tkaziladi, masalan, aktyorlarni o‘zaro solishtirish, serialga baho berish yoki eng chiroyli juftlikni aniqlash bo‘yicha. “Ikkinchi sahifa” ko‘rsatuvi jurnalistlari tashabbusiga ko‘ra “Show TV” muxbirlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan so‘rov bu gal Turkiyaning eng go‘zal juftligiga bag‘ishlandi.

Burak O‘zchivit va Fahriye Evjan

Burak O‘zchivit va Fahriye Evjan
Foto: Pinterest

So‘rovnoma onlayn emas, balki Istanbul, Izmir, Anqara va Bursa ko‘chalarida o‘tkazildi. Jurnalistlar 18 yoshdan 65 yoshgacha bo‘lgan respondentlarga savol bilan murojaat qildi. Shuni ta’kidlash kerakki, respondentlarga juftliklar ro‘yxati berilmagan, ular o‘z xohish-istaklariga ko‘ra juftlik nomini ma’lum qilgan.

Kerem Bursin va Xande Erchel

Kerem Bursin va Xande Erchel
Foto: Pinterest

Shuningdek, so‘rovnomada nafaqat aktyorlar, balki musiqachilar, teatr va jamoat arboblari juftligi ham tilga olingan.

Kadir Dog‘ulu va Neslihan Atagul

Kadir Dog‘ulu va Neslihan Atagul
Foto: “Profil”

So‘rov natijalari ajablanarli bo‘lmadi, 2020-yilgidek g‘oliblar Fahriye Evjan va Burak O‘zchivit bo‘ldi, ammo ikkinchi o‘rinni boshqa bir juftlik egalladi. 2020-yil ikkinchi o‘rinni rafiqasi bilan Kivanch Tatlitug‘ egallagan bo‘lsa, bu mavsumda Kerem Bursin va Xanda Erchel ushbu o‘ringa munosib deb topildi. Uchinchi o‘rin esa Neslihan Atagul va Kadir Dog‘uluga nasib etdi.

Tarkan va Dilek Pinar

Tarkan va Dilek Pinar
Foto: Sadaje Haber
Beshinchi va oltinchi o‘rinlarga Dilek Pinar va Tarkan juftligi hamda  teleboshlovchi Fotih Portakal rafiqasi bilan loyiq ko‘rildi. Yettinchi va sakkizinchi o‘rinlardan Kivanch Tatlitug‘ hamda turmush o‘rtog‘i, Berguzar Korel va Halit Ergench joy olgan.

Halit Ergench va Berguzar Korel

Halit Ergench va Berguzar Korel
Foto: Janli Tv
Shuni ta’kidlash kerakki, ushbu tadqiqotni to‘liq obyektiv deb bo‘lmaydi, chunki u faqat 4 shahar bo‘ylab o‘tkazilgan. Ovoz berish paytidagi kutilmagan javob Adriana Lima va turk yozuvchisi Metin Xara juftligi bo‘ldi, ammo ular ancha oldin ajrashgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“100 ga yaqinidan 73 tasi yangilandi”. Dehqonoboddagi jin ko‘priklarning nechtasi yangilanganiga aniqlik kiritildi (video)
Sport
Lionel Messi MLS’ga o‘tsa, liga klublari futbolchining maoshini to‘lashga yordam berishga tayyor
Mahalliy
O‘zbekistonda fevral oyida 25 mlrd so‘mlik noqonuniy davlat xaridlari aniqlandi