Amerikalik aktyor, rejissor va ssenariy muallifi Jek Nikolsonning demensiyadan aziyat chekayotgani va uyidan tashqariga chiqmayotgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
84 yashar Nikolsonga yaqin bo‘lgan manba jismoniy jihatdan unda hammasi joyidaligi, muammo aqliy faoliyati bilan bog‘liq ekanini ta’kidlagan. Qayd qilinishicha, qizi va o‘g‘lining g‘amxo‘rligi ostidagi Nikolson Los-Anjelesdagi uyida “hayotining so‘nggi qayg‘uli kunlarini yashamoqda”.
“Kakku uyasi uzra parvoz” (One flew over the cuckoo’s nest), “Murtadlar”(The departed) filmlaridagi roli bilan yaxshi tanish bo‘lgan Jek Nikolson uch marta “Oskar” mukofotini qo‘lga kiritgan.
Ma’lumot uchun, demensiya — bosh miya zararlanishi oqibatida yuzaga keladigan va aqliy qobiliyatning sezilarli darajada pasayishi bilan namoyon bo‘ladigan asab tizimi kasalligi.
Izoh (0)