So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12297.88
    • RUB 138.27
    • EUR 13496.92
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +11°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Mahalliy

    Kanada O‘zbekistonda viza markazi ochishni rejalashtirmoqda

    29.12.2021, 15:07 11484

    O‘zbekistonning Kanadadagi elchisi (qarorgohi Vashingtonda) Javlon Vahobov Ottavada ushbu mamlakat Tashqi ishlar vazirligining Sharqiy Yevropa va Yevrosiyo bo‘yicha byurosi bosh direktori Xaydi Kus, tashqi ishlar vazirining Yevropa, Yaqin Sharq va G‘arb masalalari bo‘yicha o‘rinbosari yordamchisi Sandra Makkardell, Afg‘oniston va Pokiston departamenti ijrochi direktori Kristofer Gibbins bilan uchrashuvlar o‘tkazdi, deb xabar beradi “Dunyo” agentligi.

    Foto: Flickr

    Foto: Flickr

    Muzokaralar chog‘ida siyosiy, iqtisodiy va gumanitar sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari, jumladan, mehnat migratsiyasi sohasidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish, investitsiyalar jalb etish borasidagi hamkorlik, afg‘on xalqiga yordam doirasidagi sheriklik, shuningdek, O‘zbekiston—Kanada hamkorligini kengaytirish istiqbollari muhokama qilingan.

    Ta’kidlanishicha, Kanada Tashqi ishlar vazirligi vakillarining alohida e’tibori O‘zbekiston tashqi siyosati va iqtisodiy diplomatiyasining mohiyatiga qaratilgan. O‘zbekiston bugungi kunda diplomatik faollik markazi ekani, uning mintaqaviy siyosati va yangilangan tashqi siyosati tinchlik va muloqotni mustahkamlashga hissa qo‘shayotgani, shuningdek, aniq-ravshan siyosiy realizm va pragmatizmni namoyon etayotgani qayd etilgan.

    Bosh direktor Xeydi Kus bilan uchrashuv chog‘ida Kanada oliy va yuqori darajadagi siyosiy aloqalarni faollashtirishdan manfaatdor ekani ta’kidlangan. Kanada TIV vakili yillik siyosiy maslahatlashuvlar o‘tkazish amaliyotini davom ettirish, shuningdek, turli darajadagi siyosiy muloqotlar darajasini oshirish va o‘zaro almashinuvlarni ko‘paytirish muhimligini qayd etgan. U 2022-yilda Toshkentda siyosiy maslahatlashuvlarning 9-raundini o‘tkazish uchun Kanada delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifini tashkil etishga tayyorligini bildirgan.

    Bundan tashqari, Kanada vakili O‘zbekiston ustuvor hamkor davlatlar qatoriga kiritilgani, mamlakatda Kanada viza markazini ochish rejalashtirilayotgani va dunyoda epidemiologik vaziyat yumshashi bilan bu haqda qaror qabul qilinishi kutilayotganini ma’lum qilgan.

    Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari yordamchisi Sandra Makkardell bilan uchrashuv chog‘ida ikki tomonlama va hududlararo hamkorlik yuzasidan fikr almashilgan.

    Xususan, Sandra Makkardell O‘zbekistonning o‘tayotgan yildagi taraqqiyotini sharhlar ekan, prezident Shavkat Mirziyoyev amalga oshirayotgan islohotlar va o‘zgarishlarning ko‘lami ulkan ekanini qayd etgan. Shu nuqtayi nazardan, Kanada vakili O‘zbekiston rahbarini so‘nggi umumxalq saylovidagi ishonchli muvaffaqiyati va ulkan g‘alabasi bilan tabriklagan. “Ishonchim komilki, O‘zbekiston keyingi besh yilda avvalgi yillarga nisbatan yanada katta muvaffaqiyatlarga erishadi”, — deya qo‘shimcha qildi Sandra Makkardell.

    Afg‘oniston va Pokiston departamenti ijrochi direktori Kristofer Gibbins bilan muzokaralar chog‘ida Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan atroflicha fikr almashilgan.

    Kristofer Gibbins O‘zbekiston rahbariyatining Afg‘onistondagi murakkab gumanitar vaziyatni yumshatish borasidagi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlagan va afg‘on xalqiga birgalikda insonparvarlik yordami ko‘rsatish bo‘yicha chora-tadbirlarni batafsil muhokama qilish uchun O‘zbekiston bilan muzokaralar o‘tkazishga tayyorligini tasdiqlagan.

    Avvalroq o‘zbekistonlik mehnat migrantlarining Janubiy Koreyaga kirishi tiklanishi kutilayotgani, AQSh elchixonasi barcha turdagi vizalarni berishni qayta tiklagani to‘g‘risida xabar berilgandi.

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    × Lightbox Image

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda dollar rasmiy kursi yana pastladi

    Bugun, 16:06

    Huawei va “Yuksalish” Umummilliy harakati “Bir million daraxt” doirasida navbatdagi ekoaksiyani o‘tkazdi

    Bugun, 15:00
    Reklama

    O‘zbekiston U-20 qizlar terma jamoasi Janubiy Koreyaga yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi

    Bugun, 15:53

    Toshkent metrosida kaftni skanerlash orqali to‘lov qilish tizimi ishga tushirildi

    Bugun, 15:37

    O‘zbekistonda 5 yillik ish staji bilan pensiyaga chiqish mumkinmi?

    Bugun, 15:30

    2022-yilda Yevropa Ittifoqining harbiy xarajatlari rekord darajada — 240 milliard yevroni tashkil qildi

    Bugun, 15:25

    “Kapitalbank”ning omonatlar bo‘yicha o‘yinning yakuniy oyi

    Bugun, 13:30
    Reklama

    Yil boshidan beri Hindiston deyarli har kuni tabiiy ofatlarga duch kelmoqda

    Bugun, 15:08

    Estoniya Rossiya bilan chegarani yopishga tayyorligini ma’lum qildi

    Bugun, 15:00

    1-dekabrdan ish haqi, pensiya va nafaqalar miqdori ko‘tarilmoqda. Jarimalar qanchaga oshadi?

    Bugun, 14:50

    Ziroat Mirziyoyeva Qatarda “Sidra” tibbiyot majmuasida bo‘ldi (foto)

    Bugun, 14:43

    Qish mavsumida xonaki gullar parvarishi uchun lozim bo‘lgan 3 ta muhim qoida

    Bugun, 14:30

    Tavsiya etamiz

    Ta’ziyaga kelgan sobiq birinchi xonimlar, ish tashlagan o‘qituvchilar, muhtojlarga tayyorlangan kimchi — 29-noyabr suratlari

    23:00 / 29.11.2023

    Marsda yashashga tayyorgarlik, chiqindi qutisini titayotgan yigit, go‘zallik ma’budasi tug‘ilgan joy — 28-noyabr suratlari

    23:00 / 28.11.2023

    Uylariga qaytayotgan falastinliklar, butun boshli shaharni vayron qilgan to‘fon, Yangi yilga bezatilgan Oq uy — 27-noyabr suratlari

    23:00 / 27.11.2023

    Falastinliklar uchun ommaviy qabr, mehmonxonaga joylashgan kurkalar, Shukronalik kuniga bag‘ishlangan parad — hafta suratlari

    22:00 / 26.11.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.