Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Iordaniyada parlament deputatlari majlis davomida o‘zaro mushtlashib ketdi. Bu haqda Reuters agentligiga tayanib, Tengrinews xabar berdi.

Kadr: YouTube

Kadr: YouTube

Ta’kidlanishicha, mazkur voqea deputatlardan biri majlis vaqtida konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha bildirilgan takliflar bo‘yicha asossiy gaplarni aytgani uchun uzr so‘rashdan bosh tortgani oqibatida boshlangan.

Agentlikning aniqlik kiritishicha, palata konstitutsiyaning teng huquqlilik bo‘limiga Iordaniya fuqaroligini anglatuvchi arab tilining ‘jenskiy roddagi otni’ kiritishni muhokama qilgan. Bu qo‘shimchani parlamentning ayrim a’zolari “keraksiz” deb atagan. Shundan so‘ng, deputatlar guruhi ovozini ko‘targan holda majlis zalida bahslashishga kirishgan. Ulardan ikki nafari esa o‘rtaga chiqib, mushtlashib ketgan.

“Dahanaki boshlangan jang bir nechta deputatlar tomonidan mushtlashuvga aylanib ketdi. Bu kabi xatti-harakat xalqimizga xos emas va mamlakatimiz obro‘ziga putur yetkazadi”, — deydi parlament a’zosi Halil Atiyex.

Yuzaga kelgan janjal sabab majlisni yarim soatga to‘xtatishga to‘g‘ri kelgan. Mojaro oqibatida hech kim jabrlanmagan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Rossiyada sodir bo‘lgan YTHda bir nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi, yana to‘rt kishi jarohat oldi
Dunyo
Tojikistonda muzliklar erishi tezlashdi. Bu muzliklar deyarli butun Markaziy Osiyoni chuchuk suv bilan ta’minlaydi
Dunyo
Zelenskiy Putinning hibsga olinishiga berilgan orderni “burilish nuqtasi” deb atadi