Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Uzbekistan GTL majmuasining ochilish marosimida nutq so‘zlab, mamlakat sanoatida yana bir yorqin sahifa ochayotgan ulkan voqeaga guvoh bo‘lishdan mamnun ekanini bildirdi.

“O‘z bag‘rida noyob boyliklarni asrab kelayotgan G‘uzor tumanida suyultirilgan sintetik mahsulotlar ishlab chiqaradigan GTL zavodi ishga tushirilmoqda.

Albatta, bunday ulkan majmuaning qurilishi keyingi yillarda mamlakatimizda sanoat rivojini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha amalga oshirayotgan siyosatimiz natijasi, desak, to‘g‘ri bo‘ladi. Sizlarga yaxshi ma’lumki, ana shunday sa’y-harakatlarimiz tufayli yakunlanayotgan 2021-yilning o‘zida mamlakatimizda qator yirik loyihalar amalga oshirildi.

Jumladan, ‘Navoiyazot’da ammiak, karbamid va azot kislotasi ishlab chiqaradigan majmualar, Navoiy kon-metallurgiya kombinatida beshinchi va yettinchi gidrometallurgiya zavodlari, Karmanada birinchi quyosh elektr stansiyasi ishga tushirildi. Respublikamiz bo‘yicha elektr energiyasi hisobini yuritish va nazorat qilish tizimi ish boshlagani ham ana shunday katta ishlarimiz qatoriga kiradi.

Bugun ishga tushirilayotgan zavod o‘zining noyob texnologik ustunliklari va yuqori ishlab chiqarish quvvati bilan ana shu loyihalardan alohida ajralib turadi, desak, ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz.

Bunday yirik majmua shu paytgacha jahonda faqat 4 ta davlatda – Qatar (2 ta), Nigeriya, Janubiy Afrika Respublikasi va Malayziyada barpo etilgani ham bu fikrni tasdiqlaydi.

Ushbu majmua qurilishida bir vaqtning o‘zida 13 mingdan ortiq muhandis va ishchi-quruvchilar qatnashgani bu yerda qisqa muddatda naqadar keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilganini ko‘rsatadi. Zavodda Yaponiya, Koreya, Singapur, AQSh, Germaniya, Italiya, Buyuk Britaniya, Rossiya, Xitoy kabi 24 ta davlatdagi 130 ga yaqin yetakchi korxonalarda ishlab chiqarilgan 10 mingdan ziyod uskunalar o‘rnatildi”, — dedi prezident.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Oxirgi 100 yil ichida sodir bo‘lgan dunyodagi eng kuchli 10 ta zilzila (video+foto)
Dunyo
Polsha bosh vaziri Ukrainadagi urush uchinchi jahon urushiga aylanishini prognoz qildi
Mahalliy
O‘zbekistonda dollar kursi yana oshdi